Prezident raisligida mahallalarda kambağallikni qisqartiriş böyiça qilingan işlar sarhisobi va 2025 yil uçun ustuvor vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Faol tadbirkorlar iştirokida 27 ta tumanda oçilgan kooperatsiyalar yaxşi samara berayotgani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda 30 ta tumanda baliqçilik, quyonçilik, çorvaçilik va asalariçilik böyiça kooperatsiyalarni köpaytiriş topşirildi. Bunga 500 milliard söm yönaltirilişi belgilandi.
Bundan taşqari, hozirda 15 ming tadbirkor mahsulotlarni elektron platformalarda sotib, daromadini karra-karra oşiryapti. Bu borada Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot dasturi xususiy bank bilan 1 ming 300 nafar ayolni öqitib, mahsulotini onlayn sotiş tajribasini yaratmoqda.
Davlat rahbari yiğilişda qatnaşgan BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudziiga loyihalar qilib, yangi-yangi ğoyalar olib kelayotgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Ham investitsiya olib keladigan, ham köp iş örni yaratadigan startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş kengaytiriladi.
Davlat banklari vençur kompaniya oçib, mahalla startaplariga öz mablağidan jami 50 million dollar ajratişi muhimligi qayd etildi. Startaplarni biznesga aylantiradigan akseleratorlar ham oçiş maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

















