Bayonotda aytilişiça, elektromobillarni zaryadlaş stansiyalarini tarmoqdan uziş böyiça Energetika vazirligi “heç qanday topşiriq bermagan”.
“Ta’kidlaş kerakki, ayni paytda mamlakatimizda generatsiya, ya’ni elektr energiyasi işlab çiqariş böyiça heç qanday muammo yöq. Işlab çiqarilayotgan elektr energiyasi esa öz ehtiyojimizni töliq qoplaşga yetadi.
Energetika vazirligi quvvatlaş stansiyalarini tarmoqdan uziş böyiça topşiriq bermagan.
Şuni alohida aytiş kerakki, Energetika vazirligi ekologiyamizni asraşga katta hissa qöşadigan elektromobillarni Özbekistonda ommalaştiriş tarafdori”, – deyiladi vazirlik matbuot xizmati axborotida.
Elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarini örnatgan tadbirkorlik sub’yektlaridan, agar ular qonuniy faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlariga duç kelsa, Energetika vazirligining +99871-231-16-61 (içki 7037, 7046 va 7057) raqamli “Işonç telefonlari”ga murojaat qiliş söralmoqda.
Kun.uz xabar berganidek, elektromobillarni zaryadlaş stansiyalariga elektr uzatiş heç qanday huquqiy asos körsatmagan holda töxtatib qöyilgan.
“Hududiy elektr ta’minotidan kelişib, heç qanday sababsiz stansiyalarimizni öçirib taşlaşyapti. Nima sababdan öçiryapsan, bu transformator qonuniy yoqilgan, deyapmiz. Ular esa “tepadan şunday buyruq böldi” deyişyapti. Boşqa heç qanday gap yöq. Raqobatçi kompaniyalar bilan ham xuddi şunday bölyapti, bitta bizda emas”, – dedi bozordagi yetakçi kompaniyalardan birining vakili.
Kun.uz bilan deyarli bir vaqtda Spot naşri ham şunday holat bölayotgani haqida xabar berdi. Naşr boğlangan kompaniyalardan biri stansiyalar tarmoğidagi taxminan 20 ta stansiya elektrdan uzilgan. Ilk uzilişlar ötgan hafta boşidayoq boşlangan. Eslatib ötamiz, havo sovişi sabab metan-şoxobçalarning iş vaqti çeklanişi haqida ham ötgan hafta boşida ma’lum bölgandi

















