Şu kunlarda Özbekistondagi elektromobillarni quvvatlaş uçun örnatilgan stansiyalarni öçirib qöyiş boşlangan. Bu borada Kun.uz'ga murojaatlar kelib tuşdi.
“Men yaqinda BYD olgandim, özim Sergelida yaşayman. Qiş boşlanganidan keyin maşinamni zaryadlaş muammo bölyapti. Atrofimimizdagi stansiyalar işlamayapti. Spectre, Megawatt, Tok Bor firmalarinikiyam öçirilgan. Joy egalaridan sörasam, sababini bilmaymiz deyişyapti. Bilasiz, gaz hozir muammo, benzin qimmat, şu sababdan elektromobil sotvolgandim. Endi buyam muammo bölsa, odamlar nima qilsin?” – deydi murojaatçilardan biri.
Boşqa bir murojaatçi esa uyi yaqinidagi 2 ta stansiya işlamayotganini aytdi. Şundan keyin u xizmat körsatayotgan stansiya topgan, lekin 2 soat navbatda turişga majbur bölgan. “Mendan keyin ham uzun navbat bor edi”, deydi u.
“Tepadan şunday buyruq böldi”
Kun.uz holatga aniqlik kiritiş uçun quvvatlaş stansiyalari bozoridagi kompaniyalar bilan boğlandi. Ularning ta’kidlaşiça, barça hujjatlar joyida bölişiga qaramay, hududiy elektr ta’minoti korxonalari xodimlari kelib, heç qanday izohsiz stansiyalarni tokdan uzib qöyyapti.
“Hududiy elektr ta’minotidan kelişib, heç qanday sababsiz stansiyalarimizni öçirib taşlaşyapti. Nima sababdan öçiryapsan, bu transformator qonuniy yoqilgan, deyapmiz. Ular esa “tepadan şunday buyruq böldi” deyişyapti. Boşqa heç qanday gap yöq. Raqobatçi kompaniyalar bilan ham xuddi şunday bölyapti, bitta bizda emas.
Odamlardan murojaatlar ham köpayib ketdi. Ular 5-6 soatlab navbatda turganini aytyapti. Mijozlarimiz 6-7 km yöl bosib borişganida, stansiya öçiqligiga guvoh bölyapti. Instagram, Telegram profillarimizning kommentariya qismida bu böyiça köplab izohlar qoldirilgan.
Bizni öçiriş böyiça ogohlantirişayotgani ham yöq, keyin bilyapmiz. “RES”ga borganimizdan keyin bu narsalar çiqib kelyapti. Ularga hujjatlarimizni taqdim etganimizdan keyin ham kutinglar deyişyapti. Mana şunaqa vaziyat. Oldin umuman bunaqa bölmagan”, – deydi bozordagi yetakçi kompaniyalardan birining vakili.
Uning qöşimça qilişiça, bu holat Toşkent şahrining barça tumanlarida kuzatilyapti. Viloyatlarda ham stansiyalar uzilgan, ammo talab Toşkentdagidek yuqori bölmagani uçun jiddiy muammolarni yuzaga keltirmayapti. “Toşkent şahrida jiddiy muammolar bölyapti”, deydi u.
Quvvatlaş stansiyalari elektrdan uzilayotganini bozordagi boşqa bir yirik kompaniya vakillari ham Kun.uz'ga tasdiqladi.

















