Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
Marhumning yaqinlariga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘ini xiyonat ustida ushlab olgan. Ayol va uning xushtori qotillikda gumonlanib, qamoqqa olingan. Daryoga uloqtirilgan murda esa qariyb 20 kundan beri topilmayapti.

Foto: Kun.uz
Karmana tumani Katta machit mahallasida yashovchi erkak qotillik qurboni bo‘ldi. Navoiy viloyati IIB axborot xizmati ham buni tasdiqladi.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan marhumning yaqinlariga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan D.K. “Navoiy-Toshkent” yo‘nalishida qatnaydigan avtobuslarning birida yo‘lovchilarni yo‘naltiruvchi (posadchik) bo‘lib ishlagan. 29 noyabrdan 30 noyabrga o‘tar kechasi yarim tunda ishdan uyiga kelgan D.K. turmush o‘rtog‘ini boshqa erkak bilan ko‘rgan.
“O‘sha kuni erining uyga qaytishini kutmagan ayol va uning tanishi vaziyatdan chiqib ketish maqsadida qotillikka qo‘l urgan. Xonadonda baqir-chaqir bo‘lgan. Bizga aytishlaricha, gumondorlarning biri D.K.ning og‘zini yopib turgan, ikkinchisi ip bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
So‘ngra ayol 3-4 kun turmush o‘rtog‘ini izlagan bo‘lgan, yo‘qolib qoldi deb IIBga xabar bergan”, deydi marhumning yaqinlaridan biri.
Qotillik sodir etilgan tunda D.K.ning baqirganini eshitgan qo‘shnisi bu haqda ko‘rsatma bergach, ayol va uning xushtori jinoyatda gumonlanib qo‘lga olingan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ular D.K.ni o‘ldirib, daryoga tashlab yuborishganini tan olgan.
“Shundan beri gumondorlarning ko‘rsatmasi bo‘yicha Zarafshon daryosidan marhumning murdasi izlanmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, FVB xodimlari harakat qilishyapti, ammo murda hamon topilmadi.
Agar murda topilmasa, jinoyat ishi yopilib, gumondorlar qo‘yib yuborilar ekan. Shundan xavotirdamiz. Jinoyatga qo‘l urganlar jazosini ham olishi kerak”, deydi D.K.ning qarindoshi.
Kun.uz holat yuzasidan Navoiy viloyati FVB vakili bilan bog‘landi. Uning bildirishicha, sovuq ob-havoda daryodan murdani izlash qiyinchilik tug‘diradi. Murdani izlash ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

09:47 / 17.03.2025
Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

14:02 / 04.03.2025