O‘zbekiston | 16:40 / 18.12.2024
1131
3 daqiqa o‘qiladi

Qishki ta’til vaqtida Toshkentdan Samarqand va Urganchga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

«O‘zbekiston temiryo‘llari» 2025 yil 12 yanvarga qadar qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilishi va vagonlar soni oshirilishini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temiryo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024 yil 15 dekabrdan 2025 yil 12 yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘shimcha qatnovlar:

  • Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida 2024 yil 17 dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov;
  • Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida 2024 yil 15 dekabrdan boshlab «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

Qo‘shimcha vagonlar:

  • Toshkent — Qo‘ng‘irot — Toshkent;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent;
  • Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishlarida 2024 yil 20 dekabrdan har kuni to‘rtta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga 2024/25 o‘quv yili uchun beriladigan qishki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan boshlanadi va 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Avvalroq «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e’lon qilingandi. Ammo chiptalar sotiladigan elektron platformada Toshkent — Urganch, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Nukus yo‘nalishlarida 23–31 dekabr sanalaridagi barcha chiptalar allaqachon qolmagani ma’lum bo‘lgan edi. Boshqa yo‘nalishlarda esa sanoqli chiptalar qolgan. Kun.uz muxbiri holatni o‘rganish va talabalar fikrini eshitish uchun poytaxtdagi temiryo‘l kassalaridan birida bo‘lgan.

Mavzuga oid