Yevropa davlatlari öt oçiş töxtatilsa, Ukrainaga qöşin yuborişni muhokama qilmoqda. Reuters tahlilçilari va manbalari Yevropa kontingenti sonini 40 mingdan 100 ming kişigaça baholamoqda — ularning asosiy qismini Fransiya, Germaniya, Italiya, Polşa va Buyuk Britaniya harbiylari taşkil etişi mumkin.

Reuters ma’lumotlariga köra, Yevropa kontingentini Ukrainaga yuboriş böyiça muzokaralar hozirda dastlabki bosqiçda, ammo davlatlar örtasida allaqaçon kelişmovçilik paydo bölgan — hatto uşbu masalani hozir muhokama qilişning qançalik maqsadga muvofiqligi borasida ham. Yevropalik yetakçilar, agentlikning yozişiça, Vladimir Putinda muzokaralar vaqti kelgani va u jang maydonidagi öz pozitsiyalarini saqlab qolişi mumkinligi haqida taassurot uyğotmoqçi emas. Ammo parda ortida ayrim amaldorlar YeI Ukrainaga taqdim etişi mumkin bölgan kafolatlar imkoniyatini körib çiqmoqda.

Ukrainalik manbalardan birining aytişiça, Yevropaning tutib turuvçi kuçlari 5—8 ta davlat koalitsiyasidan şakllantirilişi mumkin. Ayrim tahlilçilar Yevropa kontingentining soni 40 ming harbiydan iborat bölişi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Xalqaro strategik tadqiqotlar institutida faoliyat yuritadigan harbiy rejalaştiriş böyiça sobiq mutaxassis Frans-Ştefan Gadining hisoblaşiça, Ukrainaga joylaştiriladigan bölinmalarga 100 mingga yaqin harbiy jalb etilişi mumkin. Anonim tarzda ma’lumot bergan Yevropa xavfsizlik ofitseri ham uşbu taxminlarga qöşilgan.

Rossiya Taşqi razvedka xizmati ham noyabr oyida 100 ming harbiy haqida gapirgan edi. Razvedkadagi mavjud ma’lumotlarga köra, ğarb davlatlari tobora uruşni «muzlatiş» zaruratini yoqlamoqda va u yerga 100 ming nafargaça tinçlikparvar kuçlarni yuborişi kutilmoqda.

Reutersʼning qayd etişiça, Yevropa kuçlarining iştiroki Rossiya bilan töğridan-töğri ziddiyat xavfini kuçaytiradi. Şuningdek, ular BMT himoyasi ostida bölişi kerakmi degan savol ham yuzaga kelmoqda — amaldorlarning hisoblaşiça, bu Rossiyaga juda katta ta’sir körsatiş imkoniyatini taqdim etadi.