Roskomnadzor «YouTubeʼga qarshi choralar uchun asoslar»ni e’lon qildi
Roskomnadzor YouTubeʼni Rossiya qonunlarini buzganlikda va rossiyaliklarga hurmatsizlikda ayblamoqda. Mobil internet foydalanuvchilari platformadagi sekinlashuv haqida xabar berdi.

Foto: picture-alliance/dpa
Roskomnadzor YouTube platformasiga qarshi «chora ko‘rish uchun asoslar» to‘g‘risida ma’lum qildi. Bu haqda 19 dekabr, payshanba kuni idora matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar berdi.
Xususan, Roskomnadzor YouTubeʼni «Rossiya qonunchiligini ko‘p holatlarda buzishda» hamda Rossiya va uning fuqarolariga «hurmatsizlikda» aybladi, deyiladi xabarda. «Mahalliy ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va jamoat arboblaridan boshlab, bu yil Amerika kompaniyasi rossiyalik musiqachilarning videolarini to‘sib qo‘yishni boshladi va alohida asarlar emas, balki rossiyalik foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘lgan butun kanallarni ham», deya Roskomnadzorning bayonotidan iqtibos keltiradi "Xaytek" internet nashri.
Idora «bunday vaziyatda kompaniyani rag‘batlantirish uchun yetarli vositalarga ega» ekani bilan tahdid qildi.
Rossiyada YouTube «sekinlashishi» Putinning jonli muloqoti bilan bog‘landi
"Meduza" manbasiga ko‘ra, rossiyalik aloqa operatorlaridan biri 18 dekabrdan boshlab YouTubeʼga kirish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan foydalanuvchilardan ko‘plab shikoyatlar tusha boshlaganini tasdiqladi. O‘sish Moskva vaqti bilan taxminan soat 21.00 da sodir bo‘ldi va shikoyatlar kelishi davom etmoqda. «Agar ilgari sekinlashuvdan so‘ng kuniga 10 mingta murojaat bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning soni kuniga 40 mingdan oshadi», — deya aniqlik kiritdi manba.
Manbaning tan olishicha, bundan ham kattaroq «sekinlashuv» 19 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jonli muloqoti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yakuniy matbuot anjumanida Putin YouTube faoliyatining yomonlashuvi uchun javobgarlik platformaning o‘zida ekanligini va Roskomnadzorning videoxosting saytiga qarshi da’volari asosli ekanini ta’kidladi. Rossiyada YouTubeʼning normal ishlashi uchun xizmat «mahalliy qonunlarga muvofiq bo‘lishi kerak» va kirish bilan bog‘liq muammolar, jumladan, G‘arb cheklovlari fonida yuzaga kelgan, dedi Putin.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Oliy sudi «Tolibon»ni taqiqlash haqidagi qarorni to‘xtatdi
Jahon | 18:33
-
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi
Jamiyat | 18:03
-
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
Jamiyat | 17:53
-
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
Jahon | 17:51
Mavzuga oid

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

15:38 / 24.12.2024
Ekspert: Rossiyada YouTube amalda bloklandi

20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi

15:00 / 21.12.2024