Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva an’anaga köra, yil yakunida Prezident administratsiyasida Özbekistonning navqiron va bilimdon öğil-qizlari bilan uçraşdi. Bu haqda u özining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, 2023/24 öquv yilida bu yoşlar – maktab öquvçilari nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalarga erişgan — 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumuş va 77 ta bronza medallarini qölga kiritgan.

Qayd etilişiça, ularning köpçiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari böyiça ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bölgan.
«Bu Özbekiston tarixidagi rekord körsatkiç bölib, bundan barçamiz çeksiz faxrlanamiz. Yoş qahramonlarimizni çin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan işonç va qöllab-quvvatlaş uçun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat ğalabalarga töla katta yölning boşlanişi bölsin. Özbekiston kelajagi yoşlar qölida», — deb yozadi prezident yordamçisi.


Eslatib ötamiz, 15 noyabr kuni Saida Mirziyoyeva talabalar bilan uçraşgan edi. Öşanda prezident yordamçisi uçraşuv davomida oçiq va samimiy muloqot bölib ötganini ta’kidlagandi.

















