Krasnodar ölkasining Anapa şahri, Veselovka posyolkasi hamda Blagoveşçenskaya stanitsasida, şuningdek, anneksiya qilingan Qrimdagi Kerç böğozida favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. 15 dekabr kuni Kerç böğozida, Qora dengizning Krasnodar ölkasi sohillaridan 50 km içkarida «Volgoneft-212» va «Volgoneft-239» tankerlari halokatga uçrab, neft mahsulotlari sizib çiqişi oqibatida suv ifloslangan —rasmiy ma’lumotlarga köra, dengizga uç ming tonnadan ortiq mazut oqib ketgan. Plyajlarni tozalaş işlarida sakkiz ming atrofidagi qutqaruvçi hamda köngillilar iştirok etmoqda: ular mazutni belkuraklar bilan sidirib olib, mahalliy jonzotlar, baliqlar va suvda suzuvçi quşlarni qutqarişga urinmoqda. Yilning hozirgi vaqtida mintaqada juda köp quşlar yaşaydi — ekologlarning baholariga köra, ikki mingdan ön minggaça noyob quşlar Qora dengiz sohillarida qişlaş uçun uçib kelgan. Neft mahsulotlaridan dengizdagi sut emizuvçilar ham jabr çekmoqda. 22 dekabr kuniga kelib köngillilar 11 ta delfin jasadi va 143 ta ölik quşni topişgan. Quyida tankerlar halokatidan keyin Qora dengiz plyajlarida nimalar bölayotgani va mahalliy aholi yovvoyi jonivorlarni qutqariş uçun qanday harakat qilayotgani aks etgan fotosuratlar.

Blagoveşçenskaya stanitsasi yaqinidagi plyajdagi köngilli. 2024 yil 21 dekabr
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
Patlarini mazut qoplagan quş, Vityazevo posyolkasidagi plyaj. 2024 yil 20 dekabr
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
Anapadagi plyajda işlayotgan köngillilar va qutqaruvçilar. 2024 yil 21 dekabr
Alexey Maishev / Sputnik Anapa Krasnodar region Russia