YeI sanksiyalaridagi böşliq tufayli mamlakat prezidenti Vladimir Putinga yaqin hisoblangan Rossiya Federatsiyasi milliarderlari YeI bilan savdodan pul işlaşda davom etmoqda. 22 dekabr, yakşanba kuni çop etilgan The Insider internet-naşrining suriştiruvi mualliflari şunday xulosaga keldi.
«Aksiyadorlari Vladimir Putinga şaxsan yaqin hisoblangan milliarderlar bölgan kompaniyalar öz mahsulotlarini Ğarbga heç narsa bölmagandek eksport qilişda davom etmoqda, - deb yozadi naşr. - Sanksiyalarga duçor bölgan tadbirkorlarda aksiyalarning 50 foizdan kam bölişi natijasida Yevropa bilan savdodan milliardlab dollar foyda olinyapti».
Oleg Deripaska qanday qilib sanksiyalarni çetlab ötdi
Jurnalistlarning sözlariga köra, Deripaska Yevropa Ittifoqi unga qarşi sanksiyalar kiritganidan söng En+ va şunga mos ravişda «Rusal»dagi uluşini 50 foizdan pastga tuşirgan. Bu avtomatik ravişda korxonalarning özini sanksiyalardan olib taşladi. «Bugun Deripaska En+'ning 35 foizini nazorat qiladi. En+, öz navbatida, yirik alyuminiy işlab çiqaruvçi «Rusal»ning deyarli 57 foiz aksiyalariga egalik qiladi», deb tuşuntiriladi suriştiruvda.
Mualliflarning aniqlaşiça, 2024 yilning birinçi yarmida «Rusal» Yevropa mamlakatlarida 1,3 milliard dollar işlab topgan. Ularning körsatişiça, kompaniya Şvetsiyada (Kubikenborg Aluminium AB), Irlandiyada (Aughinish Alumina), Germaniyada (Aluminium Rheinfelden) va Italiyada (Eurallumina) işlab çiqarişga ega.
Uruş paytida, 2022 yildan 2024 yilgaça Deripaskaning boyligi bir yarim baravardan köproqqa oşdi, deb yozadi The Insider. Forbes ma’lumotlariga köra, uning umumiy aktivlari hozirda 2,8 milliard dollarga baholangan.
Sanksiyalarni çetlab ötiş uçun kompaniyadagi uluş kamaytirilişi
Putinga yaqin bölgan, foyda oluvçi kompaniyalardagi uluşini kamaytiriş yoki aktivlarining bir qismini qarindoşlariga ötkaziş yöli bilan Ğarb sanksiyalarini çetlab ötişga muvaffaq bölgan boşqa rossiyalik tadbirkorlar orasida, The Insider yozişiça, "Fosgaro" aksiyadori Andrey Gurev, Sankt-Peterburg toğ-kon universiteti rektori Vladimir Litvinenko, "Yevroxim" kompaniyasi aksiyadori Andrey Melniçenko, "Yevraz" va "Nornikel" aksiyadori Roman Abramoviç, "Novatek" va "Sibur" aksiyadori Gennadiy Timçenko bölişi mumkin.

















