Rossiyadagi eng badavlat tadbirkorlarning boyligi yil boşidan beri 22 milliard dollarga oşgan. Bu haqda Bloomberg milliarderlar reytingidan ma’lum bölmoqda. Dunyoning eng boy 500 kişisi röyxatida jami 22 nafar rossiyalik bor.
Bu yil rossiyalik işbilarmonlar orasida eng köp daromad olgan «Norilsk Nikel» kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin böldi - uning boyligi (31,7 milliard dollar) 3,82 milliard dollarga oşdi.
Keyingi örinlarda:
- Alişer Usmonov — 3,7 milliard dollar (16,9 milliard dollar);
- Iskandar Mahmudov — 3,61 dollar (6,74 milliard dollar);
- Sulaymon Kerimov — 3 milliard dollar (10 milliard dollar);
- Pavel Durov — 2,3 milliard dollar (13 milliard dollar).
Milliarderlar röyxatida yil boşidan beri zarar körgan rossiyaliklar ham bor. Masalan, «Monako» futbol klubi egasi Dmitriy Ribolovlev 1,77 milliard dollar, Vladimir Lisin 1,62 milliard dollar, Mixail Fridman esa 1,03 milliard dollar yöqotgan.

















