Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman va shaharlar kesimida YaTTga qat’iy soliq stavkalari miqdori belgilanishi mumkin
2025 yildan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga tuman (shahar)lar iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YaTT uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i eng kam va eng yuqori qat’iy belgilangan stavkalari doirasida tuman (shahar)lar kesimida YaTTga qat’iy soliq stavkalari miqdorini belgilashga ruxsat beriladi.
Foto: Shutterstock
“Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yildan quyidagilarga ruxsat beriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:
- tuman (shahar)larning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YaTTlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng kam va eng yuqori qat’iy belgilangan stavkalari doirasida tuman (shahar)lar kesimida YaTTlarga qat’iy soliq stavkalari miqdorini belgilash;
- soliq solish maqsadida qo‘llanadigan ko‘chmas mulk ijara qiymatining 1 metr kvadrat uchun o‘rnatilgan minimal miqdorlariga nisbatan tuman (shahar)lar kesimida 2 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent, xususan, Toshkent shahrida ushbu oshiruvchi koeffitsiyentni yer solig‘i kabi zonalar kesimida qo‘llash;
Xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga:
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,7 barobardan 1,5 barobargacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llash;
- noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning qat’iy belgilangan stavkalariga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilash vakolatlarini berish.
Mavzuga oid
11:00 / 29.11.2025
Paynetʼdan Xolis – aylanmadan atigi 1% soliq bilan biznes yuritish imkoniyati: buxgalter shart emas, kassa apparati o‘tmishda qoladi, keshbeklar va yana ko‘plab qulayliklar
12:26 / 27.11.2025
Soliq hisobotida YaTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun yangi tartib joriy etiladi
18:29 / 26.11.2025
YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi o‘zgaradi
11:39 / 13.11.2025