Özbekistonning Pekindagi elçixonasi diplomatlari tomonidan Xitoy bilan olib borgan muzokaralari natijasida mamlakatda murakkab vaziyatga tuşib qolgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi.

Qayd etilişiça, 11 nafar özbekistonlik xotin-qiz XXRda vaqtinça istiqomat qilişi davomida murakkab hayotiy vaziyatga tuşib qolgan.

Fuqarolarga elçixona tomonidan konsullik-huquqiy yordam körsatilib, ularning barçasi Xitoy tomoni va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Pekindagi vakolatxonasi bilan muvofiqlaştirilgan holda Pekin—Toşkent yönalişida 22 dekabr kuni Özbekistonga yetib kelgan.

«Xitoyning sohaga aloqador vazirlik va idoralari bilan yaqin işçi hamkorlik örnatilgan bölib, bundan keyin ham uşbu mamlakatda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qoladigan vatandoşlarga sifatli huquqiy yordam va tezkor konsullik xizmatlari körsatiş böyiça yölga qöyilgan tizimli işlar davom ettiriladi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Novosibirskda oğir vaziyatga tuşib qolgan yoş oila Özbekistonga qaytarilgani töğrisida xabar berilgandi.