Eronda 15 sentabr, yakşanba kuni kurd qiz Mahsa Aminiy ölimining ikki yilligi munosabati bilan ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötdi. Bir kun avval mamlakatda xavfsizlik çoralari kuçaytirilganiga qaramay, odamlar qizning xotirasini yod etiş uçun köçalarga çiqdi. Eron poytaxti va Aminiyning ona şahri, Kurdiston viloyatidagi Saqqez politsiya va xavfsizlik xodimlari tomonidan qattiq nazoratga olingan.
Guvohlarning sözlariga köra, yoş namoyişçilar eronlik qöşiqçi Şervin Hajipurning ikki yil avval Mahsa Aminiy vafotidan keyin ayollar huquqlari harakati madhiyasiga aylangan «Ayol, hayot, ozodlik» qöşiğini kuylagan. Marhum qizning oila a’zolariga uning qabrida motam marosimini ötkazişga ruxsat berilmagan, qabristonga yaqinlaşiş politsiya xodimlari tomonidan nazorat qilingan. Aminiyning ota-onasi uy qamoğiga olindi.
Eronning Evin qamoqxonasidagi ayol mahbuslar norozilik namoyişlariga birdamlik sifatida oçlik e’lon qildi. «Bugun Evin qamoqxonasidagi 34 nafar siyosiy mahbus ayol «Ayol, hayot, ozodlik» harakati va Mahsa Aminiy öldirilişining ikki yilligi munosabati bilan oçlik e’lon qilişdi», dedi eronlik inson huquqlari faoli, tinçlik uçun Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiy taşkiloti.
Parijda yuzlab odamlar ayollar harakati va Eron muxolifatini qöllab-quvvatlaş maqsadida şahar böylab yuriş qilib, Aminiyga hurmat bajo keltirdi. Marşda Eronda josuslik uçun nohaq hibsga olingan Fransiya fuqarosi Benjamin Briyer ham iştirok etdi. Briyer 2023 yilning may oyida Eron qamoqxonasidan ozod qilingan. Parij Eron hukumatini xalqaro maydonda öz manfaatlari yölida muzokaralar olib boriş uçun xorijlik garovga olinganlardan foydalanganlikda ayblaydi.
Mahsa Aminiyning qölga olinişi va ölimi
22 yoşli kurd qiz Mahsa Aminiy 2022 yil 16 sentabrda boş kiyimni notöğri öraşda ayblanib, axloq politsiyasi tomonidan qölga olinganidan söng vafot etdi. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga köra, qizda yurak xuruji kuzatilgan. Qarindoşlari, öz navbatida, Mahsaning yuragi bilan boğliq muammo yöqligini ta’kidlab, uning ölimi sababini hibsda kaltaklangani deb atagan.
Aminiyning dafn marosimidan söng Eron ğarbida «Ayol, hayot, ozodlik» şiori ostida ommaviy norozilik namoyişlari boşlandi. Köp oylar davomida tartibsizliklar davom etdi. Nohukumat taşkilotlarga köra, namoyişlar çoğida 550 dan ortiq namoyişçi halok bölgan, yetti kişi qatl etilgan.













