Daych va Pikford devori

«Manchester Siti» – «Everton» 1:1
Gollar: 1:0 – 14 Bernardu Silva, 1:1 – 36 Ndiay.
«Manchester Siti» – Ortega, Gvardiol, Ake (Simpson-Pyuzi, 85), Akanji, Lyuis, Kovachich (Gundo‘g‘an, 85), Doku (de Bryuyne, 75), Bernardu Silva, Foden, Savio, Holand.
«Everton» – Pikford, Mikolenko, Brentueyt, Tarkovski, Koulmen (Patterson, 90), Dukure, Guyye, Mangalya, Ndiay (Lindstrem, 81), Kalvert-Lyuin (Broya, 70), Harrison.
Ogohlantirishlar: Mikolenko (42), Koulmen (52), Mangalya (79), Brentueyt (87), Foden (90+4).

Inqiroz davridagi «Manchester Siti»ni oldingi turlarda «Arsenal» va «Chelsi»dan gol o‘tkazmagan Shon Daych nomidagi metin himoyaga qarshi qiyin o‘yin kutayotgandi. Ammo Boxing Day’da Xosep Gvardiola jamoasi Londonning ikki klubi qila olmagan ishni uddaladi. Mezbonlar tezkor gol bilan hisobni ochishdi, Pikford Bernardu Silvaning zarbasini qaytarishi mumkin edi, ammo to‘p «Everton» himoyachisining oyog‘iga tekkan holda yo‘nalishini o‘zgartirib, olis burchakka borib tushdi.

Bunday ssenariy esa yangi intrigani taqdim etardi: «irislar» qanday gol urishi mumkin? Bu jamoada mudofaa chizig‘i yaxshi qurilgan, so‘nggi olti turda faqat to‘rt gol o‘tkazib, faqat to‘rt gol urgan. Bu gollarning barchasi «MYu» bilan o‘yinda o‘tkazilgan (0:4), to‘rt gol «Vulverhempton» bilan o‘yinda urilgan (4:0), qolgan to‘rt o‘yinda hisob ochilmagan. Ammo «Siti»ga qarshi tezda javob qaytarildi, Ndiayye Akanjining xatosidan foydalanib, to‘pni uzoq burchakka yo‘naltirdi. Keyeyin esa Pikford barcha zarbalarni, jumladan Holandning penaltisini ham qaytardi. Jordan APLda ushbu norvegiyalik hujumchining «nuqta»dan zarbasini to‘sgan ilk darvozabon bo‘ldi va chempionatda sakkizinchi «quruq» o‘yinini o‘tkaza olmagan bo‘lsa ham yana qahramonga aylandi. Gvardiola uchun esa hech qanday bayram yo‘q: uning jamoasi hisobda oldinda borgan o‘yinlarda 12 ochko yo‘qotdi, bu o‘tgan mavsumdagidan yomonroq (10).

45 yillik kutish

«Chelsi» – «Fulhem» 1:2
Gollar: 1:0 – 16 Palmer, 1:1 – 82 Uilson, 1:2 – 90+5 Rodrigo Muniz.