Quyidagilar tashkil etiladi:
🔹yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;
🔹Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona.
Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.
Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
▪️tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
▪️tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;
▪️telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.
2025-2026 o‘quv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yil 1 oktyabrdan Akademiya faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.











