O‘zbekistonda Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Emili Tornberri va deputat Jon Vittingdeyl bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Britaniya Parlamenti a’zolari O‘zbekistonda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarni ijobiy baholab, Londonning Toshkent bilan barcha jabhalarda aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Suhbat davomida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan Britaniya Parlamentining yangi a’zolari bilan aloqalarni jadallashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Britaniya tomoni 2025 yilning 5-9 aprel kunlari tarixda ilk bor O‘zbekistonda Parlamentlararo ittifoqning (IPU) 150-assambleyasining o‘tkazilishi respublikaning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada mustahkamlash, barqaror taraqqiyot va jahon davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.
Hozirgi kunda Britaniya Parlamentida IPU'ning Toshkentdagi yig‘ilishiga qatnashish uchun ushbu mamlakat vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya shakllantirilmoqda.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

13:10 / 22.03.2025
Toshkentda Xalqaro parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley sessiyasi bo‘lib o‘tadi

22:24 / 15.10.2024
Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Parlamentlararo ittifoq assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

13:52 / 27.03.2024
Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

15:49 / 23.12.2022