AQŞning sobiq prezidenti, Jorjiya ştati sobiq gubernatori, 1977—1981 yillarda mamlakat rahbari bölib işlagan Jimmi Karter Qöşma Ştatlarda vafot etdi. Bu haqda 29 dekabr, yakşanba kuni siyosatçining öğli Jyeyms Erl Karterga tayangan holda The Washington Post gazetasi xabar berdi.
Vetnam uruşidan «qoçganlar» uçun amnistiya e’lon qilgani va Isroil va Misr örtasidagi Kemp-Devid kelişuvlarini tuziş jarayonida iştirok etgani, şuningdek, SSSR bilan strategik qurollarni çeklaş töğrisidagi şartnoma imzolagani bilan maşhur siyosatçi Jorjiya ştatining Pleyns şahridagi öz uyida vafot etdi. Ölimi vaqtida Karter 100 yoşda edi — u şu yoşga qadar yaşagan birinçi AQŞ prezidenti böldi.
Karter, şuningdek, prezidentlikdan keyingi inson huquqlari va insonparvarlik faoliyati bilan ham tanilgan. 2002 yilda u «dunyodagi mojarolarni tinç yöl bilan hal qilişga qaratilgan sa’y-harakatlari uçun» tinçlik böyiça Nobel mukofotiga sazovor böldi.

















