Qarorga köra, ijtimoiy kartani muomalaga çiqariş va foydalaniş uçun taqdim etiş moliyaviy agent vazifasini bajaruvçi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oşiriladi.

Bunda:

  • barça fuqarolar uçun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga çiqariladi va foydalaniş uçun taqdim etiladi;
  • bank kartasi şaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohişiga köra muomalaga çiqariladi va foydalaniş uçun taqdim etiladi.

Ijtimoiy kartani muomalaga çiqariş va foydalaniş uçun taqdim etiş böyiça arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi:

  • YaIDXP (my.gov.uz);
  • «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi;
  • «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
  • moliyaviy agent.

Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etiş hamda «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovaning lozim darajada işlaşini ta’minlaş maqsadida:

2025 yil 1 yanvardan boşlab «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovani texnik qöllab-quvvatlaş ijtimoiy karta böyiça tölov xizmatlarini körsatuvçi tölov taşkilotining tun-u kun faoliyat körsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oşiriladi;

2025 yil 1 fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga çiqariş va foydalaniş uçun taqdim etiş masalalari böyiça agentlikning axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini körsatuvçi «1070» qisqa raqamli va tun-u kun faoliyat körsatadigan xizmati («Işonç telefoni») faoliyati test rejimida yölga qöyiladi.

Dekabr örtalarida prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi işlar natijadorligi va 2025 yil uçun ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötgandi. Yiğilişda davlat rahbari barça hujjatlarning örnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilişini e’lon qilgan edi.