Ijtimoiy himoya milliy agentligi ötgan yil oxiridan ijtimoiy kartalar berişni boşlagandi. Ular hozirça Toşkent şahri va Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida sinov tariqasida joriy etilgan.

Qayd etilişiça, ayni paytda 9 turdagi tölovlar uşbu karta orqali berilyapti. 2025 yilning 1 aprelidan bular qatoriga yana 2 turdagi ijtimoiy tölovlar — homiladorlik va tuğiş nafaqasi, şuningdek, “Saxovat va kömak”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” jamğarmalari hisobidan tölanadigan bir martalik moddiy yordamlar qöşiladi.

Kun.uz ijtimoiy kartalar uçun nega Visa platformasi tanlangani, loyihaning budjeti va operatori haqida qöşimça ma’lumot sörab, agentlikka sörov jönatgandi.

Ma’lum qilinişiça, Visa kartasi asosida çiqarilgan ijtimoiy kartadagi pulni naqdlaştiriş uçun komissiya tölovi bir foizdan oşmagan miqdorda böladi.

“2022 yildan boşlab ayrim turdagi ijtimoiy tölovlarga bank plastik kartasi orqali tölanganida bir foiz miqdorida qöşimça tölov tölanadi. Bunda fuqarolar pensiya va nafaqalarini bankomatlar orqali naqdlaştirganda qöşimça xarajat bölmaydi. Şuningdek R2R ötkazmalari uçun ham komission tölovlar respublika böyiça örtaça miqdorda böladi. Ta’kidlab ötiş kerakki, respublika tijorat banklari tomonidan çiqarilgan söm Visa kartalari, ayniqsa ijtimoiy kartalar uçun örnatilgan komission tölovlar çet el valutasidagi Visa kartasi uçun örnatilgan komission tölovlardan farq qiladi. Ijtimoiy kartalar orqali tölovlarni amalga oşirganda komission xarajatlar ijtimoiy karta egasidan emas, balki sotuvçi (xizmat körsatuvçi)dan olinadi”, deyiladi agentlik izohida.

Visa tölov tizimi quyidagi sabablarga köra tanlangan:

  • Visa kartalari barça milliy tölov tizimlarining tölov terminallari orqali qabul qilinadi;
  • Visa Flex texnologiyasi orqali monitoring va nazorat funksiyalarini joriy etiş hamda bir elektron hamyon böyiça bir neçta ijtimoiy tölovlarni boşqariş imkoniyati;
  • tranzaksiyalar xavfsizligi milliy tölov tizimlarining xavfsizligidan kam bölmagan darajada ta’minlangan;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim şaxslarning çet elda xarajat qiliş ehtiyojlari mavjud.

Amaldagi tartibdan kelib çiqilsa, Visa kartani odatda faqatgina şu kartani çiqargan bank ilovasigagina ulaş mumkin. Agentlikning ma’lum qilişiça, ijtimoiy kartani Payme mobil ilovasiga biriktiriş va kartadan kartaga pul ötkaziş mumkin. Kelgusida tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati ham yaratiladi.