Loyiha Yekaterinburg shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘zbekistonliklar ko‘magida tashkil etildi.

Tadbir doirasida yordamga muhtoj oilalar va vatandosh talabalar ehtiyojlari uchun tadbirkor ko‘magida oziq-ovqat mahsulotlari jamlandi.

Aksiya davomida, shuningdek, oilalar bilan suhbatlar o‘tkazildi, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.

Bosh konsulxona xodimlari turli millatga mansub, boquvchisiz qolgan va nogironligi bo‘lgan 8 nafar bolani o‘z qaramog‘iga olgan vatandosh Samijon Abdullayev xonadoniga ham tashrif buyurdilar.