XVII asrning ikkinçi yarmida Angliyadagi şaharçada yaşovçi çol yöqolib qoladi. Çolni öldirganlikda ayblanib xizmatkor, uning onasi va ukasi ölim jazosiga hukm qilinadi. Qatl amalga oşirilganidan köp ötmay çol uyga qaytib keladi. Şundan söng Angliya qonunlariga ğalati qoida qöşiladi.
Huquq-tartibot xodimlari orasida “Jasad yöq, jinoyat işi ham yöq” degan ibora bor. Şu kunlarda Navoiyda sodir bölgan bir jinoyat hodisasi uşbu iborani yodga soldi.
Gap şundaki, Navoiy viloyatida 33 yoşli yigit 2024 yil 29 noyabr kuni tunda turmuş örtoği va uning xuştori tomonidan buğib öldirilib, murdasi Zarafşon daryosiga uloqtiriladi. Murda har qança qidirilmasin, xozirça topilmagan.
Qotillik haqida gumonlanuvçilarning körsatmalaridan boşqa dalil yöq. Bordiyu ular körsatmalaridan qaytsa jinoyatni foş etiş yanada qiyinlaşadi.
Şunday vaziyatda “murda yöq, jinoyat işi ham yöq” degan iborada nazarda tutilgan holat sodir bölişi mumkin. Xöş, “Jasad yöq, jinoyat işi ham yöq” degan gap qaçon paydo bölgani va u nimani anglatişi tarixi bilan qiziqib köramiz.
Hodisa
Bu qoidaning tarixi 17-asrga borib taqaladi. Voqealar quyidagiça keçadi. 1660 yilda mahalliy zodagonlardan birining 70 yoşli iş boşqaruvçisi Uilyam Harrison ijara pullarini yiğiş uçun qöşni qişloqqa boradi va izsiz ğoyib böladi.
Harrison aytgan vaqtida uyga qaytmagaç xotini xavotirlanadi va xizmatkori Jon Perrini erini qidirişga yuboradi. Biroq ertasi kuni ertalabgaça Harrisondan ham, xizmatkordan ham darak bölmaydi, ular ortga qaytmaydi.
Ertasi kuni Harrisonning öğli Edvard otasini qidirişga çiqib, yölda xizmatkor Perrini uçratib qoladi. U xöjayinni topa olmaganini aytadi.
Şundan söng Edvard va xizmatkor Uilyam borişi kerak bölgan manzil – Ebrington qişloğidagi xonadonga boradi.
Uy egasi Uilyam Harrison tunda mehmon bölganini, ijara pulini olib, ertalab çiqib ketganini aytadi. Edvard va xizmatkor uni keyingi qişloqqaça qidirib boradi, biroq çolning daragi çiqmaydi.
Ular umidsiz holda uyga qaytayotganda Çipping Kampden va Ebrington örtasidagi yöldan Uilyam Harrisonga tegişli boş kiyim, köylak va yoqani topib oladi. Ularda qon izi bor edi. Ammo atrofni qidirib, çolning jasadini topa olişmaydi.













