Jahon | 18:00 / 03.01.2025
9183
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qorbobo kiyimidagi erkak qarzi uchun do‘kon egasini otib o‘ldirdi

Gumonlanuvchi 3 yanvar kuni Kanash tumanidagi qishloqlardan biridagi yashash joyida qo‘lga olingan.

Foto: Rossiya tergov qo‘mitasi

Rossiyaning Kanash shahridagi do‘konlardan birida g‘alati qotillik yuz berdi.

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qorbobo kiyimidagi erkak do‘konga kirib, uning egasiga qarata o‘qotar quroldan o‘q uzgan.

«Erkak tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etdi», deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchi 3 yanvar kuni Kanash tumanidagi qishloqlardan biridagi yashash joyida qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qotillikka do‘kon egasining gumonlanuvchidan qarzdorligi sabab bo‘lgan.

Holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bilan ish ochilgan. Tergov gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni so‘ramoqchiligini ma’lum qilgan.

Mavzuga oid