Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, 1975 yildan 2016 yilgaça dunyo böylab semizlik uç barobar köpaydi va bugungi kunda bir milliarddan ortiq odam, ya’ni dunyo aholisining taxminan 13 foizga yaqini ortiqça vazndan aziyat çekmoqda. Vaziyat yildan yilga jiddiylaşib borgani sabab, BMT 2016-2025 yillarni “Oziqlaniş muammolariga qarşi kuraşiş ön yilligi” deb e’lon qilgan. Şunga qaramay vaziyat önglanmadi, kattalar va bolalar orasida ortiqça vazn va semizlik muammolari köpayişda davom etmoqda.

Jumladan, 1990 yildan 2022 yilgaça global miqyosda 5-19 yoşdagi bolalar va ösmirlar orasida semizlik bilan yaşovçilar tört barobar, ya’ni 2 foizdan 8 foizgaça, 18 va undan katta yoşdagilar orasida esa ikki barobardan köproq, ya’ni 7 foizdan 16 foizgaça oşdi. Bir vaqtlar faqat yuqori daromadli mamlakatlarda bunday muammo yuzaga kelgan bölsa, bugungi kunda ba’zi örta daromadli davlatlar ham ortiqça vazn va semizlik darajasi böyiça reytinglardagi yuqori örinlarni boşqalarga bermayapti.

Xöş, nima sababdan odamlar orasida vazn bilan boğliq holatlar ortib bormoqda? Masalaning tub ildizi qaysi faktorlarga borib taqaladi? Taomlar tarkibi va şakli ortiqça vazn töplaşda qay darajada riçag vazifasini bajaradi?

Taomning taqdim etiliş şakli iştaha darajasini belgilaydi

Oziq-ovqat mahsulotlarining nafaqat rangi va tuzilişi, balki uning qanday idişda, qança hajmda va qay usulda taqdim etilişi ham iştahaning qözğaliş darajasiga ta’sir körsatadi. Bu töğridan töğri qança taom yeyişimiz va qança kaloriya töplaşimizni belgilaydi.

Tadqiqotlarda aniqlanişiça, ovqat suziladigan idişning hajmi iste’mol istagini oldindan belgilab beradi. Misol uçun, turli ölçamdagi likopçalarga bir xil miqdorda solingan ovqat bizga hajm jihatdan bir-biridan farqli körinadi. Bu tuşunça Niderlandiyadagi Vageningen universitetining oziq-ovqat iste’moli fanlari böyiça dotsenti Ellen van Klif tomonidan ötkazilgan tadqiqotda öz tasdiğini topgan.