Koalitsion hukumat tuziş borasidagi muzokaralar barbod bölişi ortidan, Avstriya kansleri Karl Nehammer iste’foga çiqişini ma’lum qildi.

“Men yaqin kunlarda kansler va Xalq partiyasi yetakçisi lavozimlaridan ketaman hamda tartibli hokimiyat almaşinuvini ta’minlayman”, – dedi Nehammer X tarmoğida e’lon qilgan videobayonotida.

Sentyabr oyida bölib ötgan parlament saylovida öta öngçilarning Ozodlik partiyasi parlamentdagi örinlarning eng katta qismi – 29,2 foizini egallaşga muvaffaq bölgan, boşqa partiyalar esa ğolib partiya bilan koalitsiyaga kirişdan boş bortgan edi.

Saylovda boş vazirning Xalq partiyasi ikkinçi, sotsial-demokratlar uçinçi örinni egallagan. Oxirgi oylarda bu ikki markazçi partiya, şuningdek, liberal NEOS partiyasi öngçilar iştirokisiz koalitsion hukumat tuziş böyiça muzokaralar olib bordi. Biroq yakunda ular özaro til topişa olgani yöq: joriy haftada avvaliga NEOS partiyasi muzokaralardan çiqdi, şanba kuni esa ikki markazçi partiya ham muzokarani töxtatdi.

“Biz uzoq va halol muzokaralar olib bordik. Sotsial-demokratlar bilan muhim masalalar böyiça kelişuvga erişib bölmadi. Xalq partiyasi öz va’dalariga sodiq qoladi: biz iş samaradorligi va tadbirkorlikka putur yetkazuvçi çoralarga, xususan yangi soliqlar joriy etilişiga qarşimiz. Şu sababdan ham sotsial-demokratlar bilan muzokaralarni yakunladik va davom ettirmaymiz”, – dedi Karl Nehammer şanba kungi bayonotida.

Boş vazirning iste’foga çiqişi bilan, yo hukumat tuziş vazifasini prezident Aleksandr Van der Bellen öz zimmasiga oladi, yoki navbatdan taşqari saylovlar e’lon qilinadi.

Eslatib ötamiz, sönggi vaqtlarda parlament saylovlarida öta öngçilarning köproq ovoz olişi, boşqalarning esa ular bilan hamkorlik qilişdan boş tortişi sabab barqaror hukumat şakllantirişda muammolar vujudga kelişi Yevropaning boşqa mamlakatlari, xususan Germaniya va Fransiyada ham kuzatilmoqda.