Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida öquvçilar yupun kiyimda tadbirga jalb etilgan aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holat böyiça örganiş işlarini olib bordi.
Aniqlanişiça, 6 dekabr kuni Denov tumani hududidan ötgan avtomobil yöli bilan boğlovçi temiryöl ustidan ötgan köprik foydalanişga topşirilgan. Köprikning oçiliş marosimiga sovuq ob-havoda Denov tumanidagi 14 va 16-sonli musiqa maktablarining öquvçilari (16 nafar qiz hamda 4 nafar öğil bola) tumanning Madaniyat boşqarmasi topşiriğiga köra yengil bayramona kiyimlarni kiygan holda jalb qilingan.

Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan e’lon qilingan mazkur tadbir suratlaridan köriş mumkinki, unda iştirok etgan viloyat hokimi Uluğbek Qosimov hamda viloyat faollarining barçasi qalin kiyimda bölgan.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Madaniyat vazirligiga bolalarning soğligini xavf ostiga qöygan mas’ullarga tegişli çora köriş va bunday holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritgan.

Taqdimnoma Madaniyat vazirligi tomonidan örganib çiqilib, bolalarning soğligi xavf ostiga qöyilgani yuzasidan hududning tegişli mansabdor şaxslariga nisbatan intizomiy jazo qöllangan.
«Şuningdek, vazirlik tasarrufidagi taşkilotlarga yuqorida qayd etilgan qonunbuziliş holatlariga takroran yöl qöymaslik, öquvçilarni har qanday tadbirlarga asossiz jalb qilişni qat’iyan taqiqlaş çoralarini körişga oid körsatmalar Madaniyat vazirligi tomonidan berildi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan öz kuzatuvini davom ettiradi», — deyiladi xabarda.












