Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘lovchilarni tashish xizmati aylanmasi uchun QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilinadi
Prezidentning "O‘zbekiston prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.
5-toifaga kiritilgan tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini – ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 50 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydilar. Yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, shuningdek ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
2025 yil 1 yanvardan yangi bog‘lar, uzumzorlar va tutzorlar barpo etilgan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish shaklidagi imtiyoz bekor qilinadi, shuningdek ushbu yerlar bo‘yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
2025 yil 1 iyuldan yagona tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish xizmatlari aylanmasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz bekor qilinadi.
Yangi bog‘lar tashabbuskorlari 2028 yil 1 yanvargacha xorijiy davlatlardan mevali ko‘chatlar payvandtaglari, payvand-ustlar, ona materiali va texnikani import qilishda QQS va bojxona bojidan ozod qilinadi.
Har ikki yilda bir marta may oyining uchinchi haftasida o‘tkaziladigan Xalqaro moda haftasi (Silk Uzbekistan Fashion Week) mukofot jamg‘armasi 1 mln dollargacha kamaytirildi.
Mavzuga oid
12:44 / 03.05.2026
Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
16:11 / 20.08.2025