“Umid avto companes” MÇJ rahbari Abdumannop Abdurahmonov qamoqqa olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan “Umid avto companes” MÇJ rahbari va jamiyatning boşqa mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

“Tergov harakatlari natijasiga köra, jamiyat mansabdor şaxslari

A.A., M.N. va S.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 188-1 (pul mablağlarini va (yoki) boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat) hamda boşqa moddalarning tegişli qismlari bilan ayblov e’lon qilingan. Jinoyat işi 2024 yil 3 sentabr kuni ayblov xulosasi bilan jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Şuningdek, tergov jarayonida ayblanuvçi Abdumannop Abdurahmonov “Umid avto”, “Orient avto”, “Business Orient auto”, “Orient auto hamkor”, “Umid auto xizmati”, “Umid avto companes” va “Orient auto Toshkent” MÇJlarning rahbari sifatida faoliyat olib borgani aniqlangan”, deyiladi ma’lumotda.

Qöşimça qilinişiça, tergovning töliqligini va qonun ustuvorligini ta’minlaş maqsadida dastlab qözğatilgan jinoyat işidan Abdumannop Abdurahmonov va boşqalarning qismlari alohida iş yurituvga ajratilib, ayni damda jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni qoplaş çoralari körilmoqda. Tergov harakatlari jarayonida Abdumannop Abdurahmonov protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda, jinoyat işi böyiça tergov harakatlari Toshkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan olib borilib, barça aybdorlarni tergovga jalb qiliş çoralari körilmoqda. Tergov yakuniga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanişi bildirilgan.

Sud majlislari jadvaliga köra, Abdumannop Abdurahmonov, Muhammadmuso Niğmonjonov hamda Ixtiyor Saidovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi Çilonzor tuman sudida körib çiqilmoqda. 2024 yil noyabr oyida boşlangan sud majlislari hali davom etmoqda. Jinoyat işida 200 nafardan ortiq şaxs jabrlanuvçi sifatida ötgan.

Kun.uz oldinroq «Umid auto leasing»dan odamlar norozi ekani, firma bilan şartnoma tuzganlar pulini ham, maşinalarini ham ololmayotgani haqida suriştiruv e’lon qilgandi