2024 yil 1 noyabrdan boşlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan ötkaziş boşlangandi. Şuningdek, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan maşinalar uçun elektromagnit moslaşuvçanlik tekşiruvi ham joriy qilindi. Buning ortidan avtomobillarini poligonga olib kelganlar uzun navbatlarga röbaro‘ keldi va noroziliklar boşlandi.

UzTest davlat muassasasi vakillarining Kun.uz muxbiriga aytişiça, bitta maşinani sinovdan ötkazişga 30-35 daqiqa vaqt ketadi. Bu degani 24 soat işlayotgan markaz kuniga 50 tagaça, yiliga esa 18 mingta avtomobilni sinovdan ötkaza oladi. Bu – ötgan yili berilgan sertifikatlar soni, ya’ni mavjud talabdan 3,5 barobarga kam.

Vaziyatni yumşatişga harakat qilgan rasmiylar navbat olişni elektron şaklga ötkazişdi. Ammo hammaga körinib turgan va tanqidlarga sabab bölayotgan bu navbatlarni közdan panadagi bojxona omborlariga köçiriş amaliyoti ham samara bermagan körinadi.

Telegram’dagi «autodeklarant» kanalining xabar berişiça, 8 yanvar soat 15:45 holatiga köra 12 kunlik navbat şakllangan.

«Hozir tizimga kirib, avtomaşina muvofiqligini baholaş uçun elektron navbat olmoqçi bölsangiz, eng kam muddat 20 yanvar soat 20:00 dan keyingi navbatlar hisoblanadi», deyiladi xabarda.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Piskentdagi poligonda muvofiqlik sertifikati beriş uçun ayrim tekşiriş laboratoriyalari noma’lum sabablarga köra, vaqtinça yopilgani aytilmoqda. Maşinasini tekşirtirmoqçi bölganlar kamida fevralgaça kutişi kerak bölişi mumkin.

Texnik regulyatsiya agentligi va UzTest holat yuzasidan hozirça izoh bermadi.