Guliston şahar hokimining sobiq örinbosari Qodir Dodoyev jinoiy javobgarlikka tortildi. Sud hukmiga köra, u juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, Qodir Dodoyev Guliston şahar hokimining örinbosari – investitsiya va taşqi savdo bölimi boşliği lavozimida işlab kelib, öz mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik yöli bilan xitoylik investorlarning pul mablağlarini qölga kiritgan. Bunda u tarjimon Abduvoris Abduvaliyev va fuqaro Şokir Fayziyev bilan jinoiy til biriktirgan.
Qodir Dodoyev 2023 yil sentabr oyida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş hamda investitsiya kiritiş maqsadida Sirdaryo viloyatiga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari Jin Dongeng va Xue Jongvuning işonçiga kirgan. “Zamhokim” jinoiy şeriklari bilan til biriktirib, investorlarga parrandaçilik faoliyatini amalga oşirişi uçun e-auksion’ga qöyilgan, Sayxunobod tumani Nurli yöl mahallasidagi umumiy yer maydoni 9,2 gektar eski paxta zavodi obektning narxi 200 ming dollar ekani haqida yolğon ma’lumotlar bergan. Obekt va yer maydonining haqiqiy narxi esa 1 mlrd 844 mln söm bölgan.
Söngra Jin Dongengga paxta zavodning uluşdoriga pul berişlari lozimligini aytib, investordan firibgarlik yöli bilan dastlab 15 ming dollar, 2023 yilning 2 noyabr kuni esa Qodir Dodoyevning xizmat xonasida 185 ming dollar olgan. Uşbu puldan 134 ming 450 dollari e-auksion’da yutib olingan obekt uçun tölov qilingan. Qolgan 65 ming 550 dollar esa firibgarlik yöli bilan qölga kiritilgan.
Qodir Dodoyev özlarining uşbu harakatlariga qonuniy tus beriş maqsadida mansabidan foydalanib, Guliston şahar hokimligining gerbli muhridan foydalangan holda tarmoq jadvali yasab bergan. Jadvalga 190 ming dollar yozuvi kiritilgan hamda hokimiyat muhri bosilib, olingan pullarni tasdiqlovçi hujjat sifatida Jin Dongengga taqdim etilgan.
Bundan taşqari, “zamhokim” 2023 yil noyabr oyi boşlarida Guliston şahar, Uluğobod mahallasida joylaşgan 9,8 gektar yerni Jin Dongengga körsatgan. Yer maydoni investorga ma’qul bölgaç, uning narxi 150 ming dollar ekanini, boşidan 100 ming dollar bersa, qolgan 50 ming dollarini yerning kadastr hujjatlari tayyor bölişidan söng berişi mumkinligini aytgan. Jin Dongeng 2023 yil noyabr oylari örtasida Xitoyga borib, pul jönatgan. Jönatilgan mablağni uning öğli Jin Yinghua va jiyani Xue Jongvu Toşkent şahriga borib olib, birgalikda Qodir Dodoyevning xonasiga keltirib bergan.
Jinoiy guruh Jin Dongengga körsatilgan sanoat zonasidagi yer töğridan töğri sotilmasligini bila turib, investorning 100 ming dollar pulini qölga kiritgan. Söngra özlarining uşbu harakatlariga qonuniy tus beriş maqsadida Dodoyev eski usulini qöllagan: Guliston şahar hokimligining gerbli muhridan foydalangan holda mazkur sanoat zonasidagi 9,8 gektar yerning kelgusida işlatilişi böyiça tarmoq jadvali yasab bergan. Uşbu jadvalga 150 ming dollar yozuvlari kiritilgan hamda hokimlik muhri bosilib, olingan pullarni tasdiqlovçi hujjat sifatida Jin Dongengning öğli va jiyaniga taqdim etilgan.

















