Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda işlayotganlar va uşbu lavozimlar uçun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholaş orqali amalga oşiriladi, deya yozdi Burhonov Telegram'dagi kanalida.
“Bu – davlat xizmatiga adaşib yoki noqonuniy boylik orttiriş maqsadida kirib kelganlarni aniqlaş, şuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab oliş imkonini beradi”, – deydi agentlik direktori.
Akmal Burhonov korrupsiyaga moyillik aynan qanday qilib baholanişi borasida qöşimça tafsilotlarni keltirmagan.
Avvalroq Kun.uz Guliston şahar hokimining sobiq örinbosari xitoylik investorlarni çuv tuşirgani uçun 9 yilga qamalgani, ayni paytda Romitan tumani hokimi örinbosari ham firibgarlikda ayblanayotgani haqida xabar bergandi.

















