Ukrainaga xorijiy qöşinlarning kiritilişi Rossiyani tinçlikka majburlaşning eng yaxşi vositalaridan biridir. Bu fikrni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 yanvar, payşanba kuni Germaniyaning Reynlandiya-Pfalsida Ukraina böyiça Ramştayn formatidagi aloqa guruhi 25-yiğilişi çoğida bildirdi.

«Biz hammamiz tuşunamizki, bugun (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinning maqsadlari özgarişsiz qolmoqda. U Ukrainani butunlay yöq qilmoqçi — va barçamizni, şu jumladan sizni ham sindirmoqçi. Şuning uçun bizning maqsadimiz — Rossiyani tinçlikka majburlaş uçun imkon qadar köproq vositalarni topiş, - dedi Ukraina rahbari uçraşuv boşida. - Men hamkorlar kontingentini bunday joylaştiriş eng yaxşi vositalardan biri, deb hisoblayman».

Zelenskiy özining Telegram-kanalida ötgan yilning şu kuni Fransiya «tinçlikni yanada yaqinlaştiriş uçun Ukrainada hamkorlar kontingentlarini joylaştiriş» ğoyasi bilan çiqqanini esladi. Şuningdek, Kiyev Buyuk Britaniyadan bu ğoyani qöllab-quvvatlovçi «signallar»ni eşitdi, deyiladi xabarda.

Aftidan, mojaro kuçayişiga qarşi bölganlar tomonidan bunday taşabbus tanqid qilinişini kutgan Ukraina prezidenti şunday dedi: «Rossiyaning köplab tahdidlari va dadil bayonotlari, ayniqsa, ukrainaliklar Kursk oblastiga kirganidan söng, blef bölib çiqdi. Işonçim komilki, agar biz Rossiyani tinçlik sari undaş uçun birgalikda harakat qilsak, ularning köproq tahdidlari blef bölib çiqadi».

Makron: Ukrainaning taslim bölişi na AQŞ, na Yevropa Ittifoqi uçun foydali emas

Rossiya tajovuzidan özini himoya qilayotgan Ukrainaning taslim bölişi na AQŞga, na Yevropaga foydali böladi. Bunday bahoni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 6 yanvar kuni Fransiya elçilariga qilgan murojaatida bildirdi.

Şu bilan birga, AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi uruşni 24 soat içida tugatişi mumkinligi haqidagi bayonotini eslatib, Fransiya davlat rahbari: «Ukrainada tez va oson yeçim bölmaydi», dedi. «Amerikaning yangi prezidentining özi Ukraina mağlub bölsa, Qöşma Ştatlarning ğalaba qozoniş imkoniyati yöqligini biladi» va «Ukrainaning taslim bölişi na yevropaliklar, na amerikaliklar uçun foydali bölişi mumkin emas», deya qöşimça qildi u. Fransiyaning RFI media-kompaniyasi öz saytida Makronning sözlarini keltirdi.

Emmanuel Makronning fikriça, agar Ukrainaning Ğarb ittifoqçilari bu mojarodan çarçagani uçun «murosa»ga rozi bölişsa, Ğarbning obrösiga putur yetkaziladi. Ayni paytda ukrainaliklar «hududiy masalalar böyiça real munozaralar olib borişlari kerak», — deya ogohlantirdi Makron.