Maşhur bir serial «Ölim eng buyuk mavhumlikdir» degan sözlar bilan boşlanadi. Biz esa bu videomiz boşida ölim eng buyuk saboq ekanini eslatmoqçimiz. Dunyoda inson qiladigan işlarning çegarasi yöqdek körinadi, lekin barçaning yöli ölim bilan tugaydi. Şu uçun ölimdan yaxşi pand-u nasihat, undan aççiqroq haqiqat yöqdir.

Yaqinda AQŞning 39-prezidenti Jimmi Karter vafot etgandi. Demokrat siyosatçi 100 yoşida dunyoni tark etdi. Karter 100 yoşga kirgan birinçi va hozirça yagona AQŞ prezidenti hisoblanadi. Bu pir-u badavlat inson AQŞ tarixida eng uzoq vaqt – deyarli 44 yil sobiq prezident rutbasiga ega böldi. Karter 2002 yilda tinçlik yönalişida Nobel mukofotiga loyiq körilgan. Uning prezidentligi Vetnam uruşi yakunlangan davrga töğri kelgan. Işga kirişişi bilan Karter Vetnamdagi uruşdan böyin tovlagani uçun jazolangan barça amerikaliklarga amnistiya e’lon qilgandi.

Karter davrida AQŞda ta’lim va energetika vazirliklari tuziladi. Uning davrida Eronda islom inqilobi sodir etiladi va amerikaliklar asir olinadi. Keyinroq SSSR Afğonistonga bostirib kiradi. 1980 yilgi saylovda esa Karter Ronald Reyganga imkoniyatni boy beradi.

9 yanvar kuni Vaşingtonda Jimmi Karter bilan vidolaşuv marosimi ötkazildi. Marosimda amaldagi prezident Jo Bayden, vitse-prezident Kamala Harris, bölajak prezident Donald Tramp, sobiq prezidentlar Barak Obama, kiçik Jorj Buş va Bill Klinton iştirok etişdi. Amerikada şunaqa odat bor: sobiq prezidentlardan birortasi vafot etsa, qolgan sobiq prezidentlar, albatta, vidolaşuv marosimida qatnaşib, yonma-yon ötirişadi.

Kapitoliyda ötgan vidolaşuv marosimida noodatiy heç narsa sodir bölgani yöq, şunçaki bu jarayon haqida sizga aytib bergimiz keldi, unda xulosa qiladigan narsalar juda köp.

Şu kuni prezidentlar tartib bilan joylaştirildi. Sobiq prezidentlar ikkinçi qatorga, amaldagi prezident va vitse-prezident birinçi qatorda. Karter ölganidan keyin endi Amerikada 4 ta sobiq prezident qoldi. Obama, Buş, Klinton va Tramp. 10 kundan keyin Tramp va Bayden örin almaşadi.

Tramp joyiga kelib ötirayotganda uning davrida vitse-prezident bölib işlagan, keyin u bilan kelişmay qolgan Mayk Pens bölajak prezident bilan xohlamaygina körişdi. Trampning yoniga Barak Obamani joylaştirişdi. Marosim davomida Tramp va Obama yaxşi kayfiyatda çaqçaqlaşib ötirişdi. Boşqa prezidentlar esa negadir Tramp bilan körişmadi. Balki ular taşqarida gaplaşişgandir, bunisini bilmadik. Lekin e’lon qilingan videolarda Tramp bilan faqat Barak Obama hamsuhbat böldi.