Olmazor tumani prokuraturasi tergovçisi pora bilan uşlandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahrida gul yetiştiriş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJning muqaddam prokuratura organlarida işlagan va sudlangan yuristi savdo-sotiq sohasiga ixtisoslaşgan MÇJ mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184 (Soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş) va 189-moddasi (Savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) bilan qözğatilib, Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat işi doirasida gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllamaslikni mazkur tuman prokuraturasi mansabdor şaxslari orqali hal qilib beriş evaziga 30 ming dollar talab qilgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Toşkent şahrida tezkor tadbirda yurist kelişilgan puldan 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, MÇJ yuristining maşinasida Olmazor tumani prokuraturasi tergovçisi undan uşbu pul mablağini pora sifatida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Holat protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Hozirda prokuratura tergovçisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) 3-qismi “a” bandi bilan, MÇJ yuristiga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 212-moddasi (Pora oliş-berişda vositaçilik qiliş) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Şuningdek, Namangan viloyati Çortoq tumani prokurorining katta yordamçisi ham tezkor tadbirda 2 400 dollar olgan vaqtida uşlangan. U tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasi şifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilaşda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni örganib çiqib, unga nisbatan qonuniy çora körmaslik evaziga 3000 dollar talab qilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Pop tumani FVB boşliği tezkor tadbirda 160 ming dollar, Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi esa 10 ming dollar

















