Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» G‘arbdan Afg‘onistondagi 20 yillik urush uchun tovon puli talab qildi
«Tolibon» vakili Afg‘onistonning harbiy ishg‘oli paytida shafqatsizlikka uchraganlarga reparatsiya to‘lanishi kerakligini ta’kidladi.

Zabihullo Mujohid Foto: Rahmat Gul / AP
«Tolibon» harakati G‘arb davlatlaridan Afg‘onistondagi 20 yillik urush davomida harbiy harakatlardan jabr ko‘rgan afg‘onlarga reparatsiya (tovon puli) to‘lashni talab qildi. Bu haqda TOLOnews telekanaliga tayanib TASS yozdi.
«Tolibon» vakili Zabihullo Mujohidning aytishicha, Afg‘onistonning harbiy ishg‘oli paytida shafqatsizlikka uchraganlarga tovon puli to‘lanishi kerak.
Avvalroq, The Daily Telegraph gazetasi Britaniya maxsus kuchlari (SAS) afg‘on tinch fuqarolarini, jumladan, bolalarni qatl etish bo‘yicha «qasddan siyosat» yuritganlikda ayblanayotgani haqida xabar bergan edi. Bu iddaolar Afg‘onistondagi ehtimoliy harbiy jinoyatlar tergovi bo‘yicha ochiq eshituvlar chog‘ida yangradi.
«Afg‘onistonda urush jinoyatlarini nafaqat britaniyaliklar, balki Afg‘onistonda Yevropa Ittifoqi bayrog‘i ostida faoliyat yuritgan 47 davlat ham sodir etgan. Haaga sudi bu masalani tekshirish uchun komissiya tuzishi kerak. Tovon to‘lashdan tashqari, ular xalqaro sudlarga topshirilishi kerak», dedi harbiy tahlilchi Zalmoy Afg‘onyor.
The Guardian nashri ham Afg‘onistonda Britaniya askarlari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar haqida yozgan edi. Jumladan, 2010-2013 yillar oralig‘ida Britaniya maxsus kuchlarining Hilmanddagi missiyalari chog‘ida kamida 80 nafar afg‘on fuqarosi halok bo‘lgan. Britaniyalik askarlardan biri Hilmandga olti oylik safari chog‘ida 35 nafar tinch aholini o‘ldirgan.
«Tolibon» vakillari 2021 yil kuzida ham Buyuk Britaniya va NATO tashkilotining boshqa davlatlaridan 20 yillik urush uchun milliardlab dollar tovon puli talab qilish niyatida ekanini e’lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

19:02 / 22.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Kobulda «Tolibon» mudofaa vaziri bilan uchrashdi

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025