13 yanvar kuni Özbekiston Oliy sudida Komil Allamjonovga suiqasddan söng jamoat tartibini buzganlikda ayblanib, 15 sutkaga qamoq jazosiga tortilgan yetti nafar fuqaroning şikoyatini taftiş tartibida körib çiqiş boşlandi. Bu haqda sudda qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Advokat Davron Saidovning ma’lum qilişiça, 2024 yil 25 oktabr kuni Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasddan keyin işçilari tezkor xodimlar tomonidan tergovga jalb qilingan. Ular 1 kun davomida uyuştirilgan suiqasdga aloqador yoki aloqador emasligi borasida tuşuntirişlar bergan.

«26 oktabr kuni xodimlar qöyib yuborilgan, lekin ular şu kuni keçki paytda noma’lum sabablarga köra Qibray tuman IIBga çaqirilgan. IIBda ularga «mayda bezorilik» sodir qilgani haqidagi bayonnomaga qöl qöyiş taklif qilingan. Rad javobi berilgaç, 7 kişi JIB Qibray tuman sudiga olib borilgan. Sudda ularning özlarini eşitmasdan sudya 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan hamda norozi bölsa, yuqori sudga murojaat qilişi mumkinligini aytgan.

Şundan söng ham fuqarolarga advokatlar bilan körişiş, sud qarori ustidan şikoyat qiliş imkoni berilmagan. Şunda Komil Allamjonov mendan uşbu iş yuzasidan huquqiy yordam körsatişni söradi. Men işni örganib çiqqanimda ularga göyoki «Qibraydagi kafe oldida bölgani hamda spirtli içimliklar içib, mayda huquqbuzarliklar sodir qilgani" aybi qöyilgandi. Ammo bu faktlar tasdiqlanmagan bölsa ham uçastka noziri ma’muriy bayonnoma tuzavergan» – deydi advokat Saidov.

Himoyaçining ma’lum qilişiça, apellatsiya sudida ham 7 nafar fuqaro sud zaliga olib kelinmagan va ular 15 sutkani töliq ötagan. Ular ozodlikka çiqqaç işni Oliy sudda taftiş tarzida körib çiqiş boşlangan. Ayni vaqtda 7 fuqarodan 6 nafari kelgan, yana bir fuqaro yöq bölgani sababli iş 23 yanvarga qoldirildi. Şuningdek, işga 7 nafar fuqaroni ma’muriy javobgarlikka tortilişi böyiça bayonnoma tuzgan profilaktika inspektorini ham jalb qiliş masalasi körib çiqilmoqda. Fuqarolarning xalqaro huquq hamda Konstitutsiyada belgilangan huquqlari qöpol ravişda buzilgan.

Advokat jarayon sönggida jurnalistlarning qisqa savollariga ham javob berdi.

– Sudga taşqaridan ta’sir bölgan, deb öylaysizmi? Nima uçun ularga himoya huquqi berilmagan?

– Himoyaçi bilan ta’minlanmaganiga, albatta taşqaridan ta’sir bölgani sabab bölişi mumkin. Çunki, ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma tuzgan mansabdor şaxs bu narsani öz-özidan qilgani yöq. Lekin, bunga kim ta’sir qilganini faqatgina tergov yöli bilan aniqlaş mumkin. Biz 23 yanvar kuni sudga iltimosnoma kiritamiz. Bu işdagi huquqbuzarliklarga huquqiy baho berişi yuzasidan xususiy ajrim çiqarişini söraymiz.