Dubayda ikki osmono‘par bino tomdagi basseyn orqali bir-biriga tutashtirib quriladi
Bundan tashqari, majmuadagi xonadonlarning barchasida suzish uchun shaxsiy terrasalar bo‘ladi.

Dubaydagi Marasi-Marina rayonida quriladigan 180 metrli ikkita osmono‘par bino tom qismidagi yirik basseyn yordamida bir-biriga tutashtiriladi.
Biroq 13 metr balandlikdagi manzarali hovuz keng jamoatchilik va hatto binolar aholisining ko‘pchiligi uchun ham mo‘ljallanmagan — u “ultra penthaus” deb ataldigan eksklyuziv bo‘lak hisoblanadi.
63 ta hashamatli xonadondan tashkil topgan yangi Regent Residences Dubai majmuasi 2027 yilda qurib bitkaziladi, uning qiymati 1 milliard dollar atrofida bo‘ladi. 3250 kvadrat metr maydonli penthausda oltita yotoqxona, sport zali hamda shaxsiy lift o‘rnatiladi.
Loyihaning boshqa xonadonlari, har biri 600 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallab, butun bir qavatni tashkil etadi. Ulardan shu atrofdagi yaxtalarga mo‘ljallangan bandargoh va Burj Xalifa ko‘rinib turadi.
Binoda yashaydiganlar “osmon havzasi”dan foydalana olmasa-da, barcha xonadonlarda suzish uchun shaxsiy terrasalar mavjud, shuningdek, bino aholisi uzunligi 25 metr bo‘lgan yana bir yopiq hovuzdan ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Yaqinda e’lon qilingan tasvirlarda ikki minoraning peshtoqlaridan bo‘rtib chiqqan zinapoyali hovuz terassalari ko‘rsatilgan. Loyihani ishlab chiqqan Foster + Partners arxitektura firmasi ma’lum qilishicha, dizayn “sharsharadan ilhomlangan”.
Aholi tennis kortlari va padel maydonchalaridan, ochiq dam olish joylaridan, xususiy kinoteatr va virtual golf simulyatoridan, shuningdek boshqa ko‘plab imkoniyatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Minoralar ostidagi podiumda yashil hududlar, restoranlar va savdo maydonlari joylashadi.
Foster + Partners bayonotiga ko‘ra, ikki minora bir xil emas, ammo ularning “dizayn tili” o‘xshash. Ushbu dizayn Dubayga “noodatiy yangi qo‘shimcha” qo‘shadi.
Mashhur me’mor va Pritsker mukofoti (me’morchilik sohasidagi Nobel mukofotining professional muqobili) sovrindori Norman Foster tomonidan asos solingan Foster + Partners so‘nggi yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida ko‘plab e’tiborga loyiq binolarni loyihalashtirdi. Ular orasida Dubaydagi The Index nomli 80 qavatli osmono‘par bino hamda Sharjadagi kutubxona va madaniyat markazi bo‘lgan House of Wisdom bor. Abu-Dabida haykaltaroshlik uslubidagi Zaid milliy muzeyi joriy yil oxirida ochilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Go‘sht narxining oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36
-
Afg‘onistonlik investorlar O‘zbekistondagi firmalar soni bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi
O‘zbekiston | 20:09
-
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45
-
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:42
Mavzuga oid

11:01
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

07:48 / 01.04.2025
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi

16:35 / 31.03.2025
BAA sudi rohib qotilligida gumon qilingan o‘zbekistonliklarni o‘limga hukm qildi – OAV

11:03 / 26.03.2025