General-polkovnik – Özbekistonda tinçlik davrida beriladigan eng yuqori harbiy unvon sanaladi.
55 yoşli Bahodir Qurbonov DXXni 2024 yil noyabridan buyon boşqarib kelmoqda. Undan avval salkam 6 yil davomida Özbekiston mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Bahodir Qurbonovning faoliyati
Bahodir Nizomoviç Qurbonov 1969 yil Jizzax viloyatida tuğilgan. 1987-1989 yillarda muddatli harbiy xizmatni ötagan. 1990 yilda Özbekiston Içki işlar vazirligi Oliy tergov maktabiga, 1992 yilda Özbekiston IIV Oliy militsiya maktabiga (hozirgi IIV Akademiyasi) öqişga kirgan.
1994–2002 yillarda Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasida turli lavozimlarda işlagan. 2002–2005 yillarda Jizzax viloyati IIB boşliği, 2005 yildan Jizzax viloyati Ğallaorol tumani IIB boşliği bölgan. 2008 yilda Içki işlar vazirligi Post-patrul xizmati boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari etib tayinlangan, köp ötmay, öşa yilning özida Namangan viloyati IIB boşliği lavozimiga ötkazilgan.
2013 yil 24 dekabrdan 2015 yil 27 dekabrgaça Özbekiston içki işlar vazirining örinbosari bölgan. 2015 yilda Toşkent şahar IIBB boşliği etib tayinlangan. 2017 yil 14 yanvarda general-mayor unvonini olgan.
Bahodir Qurbonov 2018 yil 12 fevraldan 2019 yil 11 fevralgaça Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondoni lavozimida işladi. 2019 yil 11 fevral kuni Özbekiston mudofaa vaziri etib tayinlanib, bu lavozimda qariyb 6 yil faoliyat olib bordi. Bu orada, 2021 yil 13 yanvar kuni general-leytenant harbiy unvoniga sazovor böldi.
Bahodir Qurbonov 2024 yil 23 noyabrda DXX raisi lavozimida general-leytenant Abdusalom Azizovning örnini egalladi. Mudofaa vazirligida esa uning örniga vazirning birinçi örinbosari – Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği sifatida işlab kelgan general-mayor Şuhrat Xolmuhammedov tayinlandi












