Trampning Grenlandiya, Kanada va Panama kanaliga da’volari şundoğam oyoqosti bölib ketgan xalqaro huquqqa yana bir zarba bölişi mumkin. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar özini xalqaro huquq himoyaçisi deb körsatib kelgan AQŞ va tajovuzkor Rossiyaning sönggi ön yilliklardagi harakatlarini tahlil qildi.

Şuhrat Rasul: Trampning da’volari – şak-şubhasiz imperializm. Tramp özining fikrlari bilan dunyoni 19-asrning boşlariga, Napoleon uruşlari davriga olib kelib qöyyapti. Bu – mas’uliyatsizlik. Bu – şarmandalik.

Qöşma Ştatlar şu paytgaça töğrimi-notöğrimi, har holda özini xalqaro huquq himoyaçisi sifatida körsatar edi. 1945 yildan to Tramp davrigaça Amerikaga hamma “xalqaro huquq himoyaçisi” deb qarardi. Zöravonlardan mazlumlarni, kiçkina davlatlarni, kiçkina millatlarni himoya qilib kelar edi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining nizomiga, tartibga çaqirib turadigan bir davlat edi.

Endi uning prezidenti bölgan janob Tramp aytyaptiki, hamma narsaga tupurdik, biz falon joylarni özimizniki qilib olamiz, deyapti. Agar bu işlar amalga oşadigan bölsa, dunyo xalqaro huquqsizlik davriga, Napoleon Bonapart davriga, XIX asrga qaytgan böladi.

Hozir Amerikada nafaqat demokratlar, balki Amerikadagi hur fikrlilar örtasida ham Tramp şa’niga har xil gaplar yoğilyapti. Juda obröli odamlar uni matbuotda eng kamida ahmoq deyapti.

Kamoliddin Rabbimov: Bu safargi saylovlarda Tramp nafaqat prezident böldi, balki kongress ham, senat ham respublikaçilar qöliga ötdi. Undan taşqari, AQŞdagi eng qudratli davlat organi Oliy sudda ham konservator sudyalar soni köproq. Bunaqasi Amerika tarixida kamdan kam sodir böladi.

Grenlandiya masalasida. U yerda bor-yöği 50 ming odam yaşaydi. Agar Tramp rejasini amalga oşirmoqçi bölsa, orol Daniyadan özini mustaqil deb e’lon qilişi, 50 ming kişi referendum ötkazib, “biz mustaqilmiz”, deb aytiş kerak. Söngra yana bir marta referendum ötkazib, “biz Amerikaga qöşilamiz”, deb aytişi kerak. Buning röy berişi mumkinligini ehtimoldan soqit qilib bölmaydi.

Farhod Karimov: Grenlandiyani hozirgi holatda AQŞ öziga qöşib olişi juda qiyin. Çunki AQŞ va Daniya – NATO şartnomasining eng birlamçi imzolovçilaridan sanaladi.

Bunday holatda Daniya tarkibida bölib turgan Grenlandiyani davlat qilib qöşib olişi NATOning ustaviga töğri kelmaydi va bu yerda ikkita taraf bir-birini himoya qilişi kerak. Bir-birining hududiy daxlsizligiga tahdid böladigan, NATO kuçga kiradigan paytda kim qaysi tarafda bölib qoladi degan masala bor. Şuning uçun hozirgi holatda Trampning bayonoti – şunçaki ritorika.