15 yanvar kuni Toşşartransxizmat AJ rasmiylari hamda OAV vakillari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda jamiyatning boşqaruv raisi birinçi örinbosari Rustam Şomurodov 675 ta infokiosk Toşkent şahri böylab qaysi manba hisobidan örnatilişini aytib ötdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, bunda davlat hisobidan mablağ sarflanmaydi. Mas’uliyat tadbirkor zimmasiga yuklatiladi.

“Şuni aytiş lozimki, [bu böyiça] davlat bir tiyin “rasxod” qilmayapti. Keçaning özida 2 700 ta nuqta [QR çipta sotiladigan joy] Toşkent şahri böyiça qöşildi, şunday qilib Toşkent şahri böyiça QR çiptalarni sotib oliş imkoniyati mavjud 8 mingta nuqta paydo böldi. Özi bekatlar 2 600 ta bölsa, 8 mingta nuqtada QR çiptani sotib olsa böladi.

Yana bir narsani aytiş lozimki, bu hozir bölmasa ham, ekranda çiqqan QR kodni rasmga olib, avtobusga örnatilgan validatorga körsatsangiz, tölov qabul qilinadi.

Muammolardan kelib çiqib, ATTO, Paynet yeçimlarini işlab çiqib, qattiq iş olib borişyapti”, – deydi u.

Qolaversa, anjumanda qatnaşgan Toşkent şahar transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliği Mirakbar Ikromov avtobuslarda naqd puldan voz keçilişi ortidan muammolar yuzaga kelişi inobatga olinmaganiga işora qildi.

“Töğri tuşunişingizni istardim, bu yangi tizim bölgani uçun biz hamma nyuanslarini körib, bilolmasdik. Hozirgi kunda masalalar böldiki, yoşi katta yölovçilarimiz [QR kodli çipatalardan] foydalaniş imkoniyati çeklanib qolgani haqida köp e’tirozlar keldi. Biz bu böyiça oflayn şaklda QR çiptani sotiş va bu osonroq bölişini ta’minlaş maqsadida 2 700 ta nuqtani oçib yubordik. U yerda qanday savoli bölsa, berişi mumkin böladi hamda ortiqça harakatlarsiz [javobini] oliş imkoniyatiga ega böladi”, – dedi u.

Avvalroq transport vaziri Ilhom Mahkamov 2025 yil oxirigaça avtobus bekatlarida QR-kodli bir martalik qoğoz çiptalarni xarid qiliş uçun 675 dona infokiosk ham örnatilişini e’lon qilgandi.

Vazir “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida poytaxtda ayni paytda 5100 ta infokiosk borligi, şulardan 769 tasi avtobus bekatlarida örnatilganini ta’kidlagandi.