Toşkent Kimyo Xalqaro Universitetida 250 nafardan ortiq iqtidorli talabalar turli yönalişlarda grantlarni qölga kiritişdi.

Toşkent Kimyo Xalqaro Universiteti (TKXU) talaba yoşlarning ta’lim oliş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş maqsadida yangi grant dasturlarini amalga oşirmoqda. Uşbu grantlar nafaqat iqtidorli, balki moliyaviy jihatdan qiynalayotgan talabalar uçun ham qöllab-quvvatlaş körsatadi.

Universitetda grant dasturlari quyidagi yönalişlar böyiça taqdim etiladi:

  • Ta’sisçilar granti: Universitetning rivojlanişiga kömaklaşgan 240 nafar şaxsning hissasini e’tirof etadi va ularga oliy ta’limga bölgan imkoniyatlarni taqdim etadi.
  • Nomdor grantlar: Iqtisodçi olim Ahmadjon Ölmasov, akademik Murod Şarifxöjayev va universitetning birinçi rektori Janpolat Qudaybergenov xotiralarini abadiylaştiriş maqsadida 15 nafar talaba grant bilan taqdirlanadi.
  • Davlat grantlari: 20 nafar talaba muhandislik yönalişidagi fanlarni örganiş uçun grantlarga ega böladi.

TKXUning Namangan filialida ham talabalar nomdor grantlar sovrindorlari orasiga kirişgani, universitet filiallari örtasidagi soğlom raqobatni va muvaffaqiyatga erişiş motivatsiyasini kuçaytirdi.

“Toşkent Kimyo Xalqaro Universitetida oldindan ta’sisçi tomonidan beriladigan içki grantlar mavjud. Bu talabalarga 15 foizdan 70 foizgaça bölgan kontraktlarni tölab berişga qaratilgan. Undan taşqari davlat grantlari mavjud – bu 20 kişiga möljallangan. Bu öquv yilidan bizda ilk marotaba nomdor stipendiyalar joriy qilindi. Bu stipendiyalar akademik-olimlar Ahmadjon Ölmasov, Murod Şarifxöjayev, Janpolat Qudaybergenov nomi bilan boğlangan. Bu grantlar ilmiy iş bilan şuğullanuvçi, öz sohasini mukammal özlaştira olgan talabalarga yönaltirilgan. Öz sohasini yaxşi örganib, xorijiy jurnallarda maqolalari bilan qatnaşgan talabalar tanlab olindi. Ularning til biliş qobiliyatlariga ham e’tibor qaratdik, Özbekiston tarixini mukammal bilişi, IQ darajasi inobatga olindi”, - deydi universitet katta öqituvçisi Dildora Abduxalikova.

Şuningdek, Toşkent Kimyo Xalqaro Universiteti Janubiy Koreyaning Sungshin Woomens University bilan global ta’lim hamkorligi doirasida ikki nafar talabaga 100 foizlik grant ajratgani talabalar uçun yana bir noyob imkoniyat hisoblanadi.

Uşbu grant dasturlari orqali talabalarga ilmiy izlaniş va ta’lim jarayoniga töliq e’tibor qaratiş, moliyaviy qiyinçiliklarni yengiş va oliy ta’limga erişiş uçun qulay şaroitlar yaratilayotgani közda tutilgan. Toşkent Kimyo Xalqaro Universiteti, şuningdek, mamlakatning yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlaşga xizmat qilmoqda.