Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance kriptobirjasi bilan Özbekistonda mijozlarga xizmat körsatiş masalasida kelişuvga erişdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Binance Özbekistondagi faoliyatini belgilangan tartibda mahalliy CoinPay kriptobirjasi orqali amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Bunda rezidentlarning platformaga kirişi coinpay.uz orqali amalga oşiriladi. Şu bilan birga, foydalanuvçilar öz mablağlarini bank kartalari va milliy tölov tizimlari orqali milliy valutada kiritiş hamda çiqariş imkoniyatiga ega böladilar.
«Tizimni işga tuşiriş, hamkorlar platformalarining barça modullari, jumladan, milliy tölov tizimlari bilan integratsiyalaşganidan söng amalga oşiriş rejalaştirilgan. Tizimning işga tuşirilişi haqida hamkorlarning rasmiy resurslarida (CoinPay va Binance) qöşimça ravişda e’lon qilinadi», deyiladi agentlik xabarida.
2024 yilning yanvar oyida agentlik tomonidan Binance kriptobirjasiga nisbatan Özbekiston qonunçiligi, xususan, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilik talablarini buzganligi uçun jarima qöllaş haqidagi qaror qabul qilingan edi. Şundan söng, tegişli da’vo arizasi Toşkent şahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.
2024 yilning 26 martidan 7 iyuniga qadar javobgar (Binance kriptobirjasi) vakili iştirokida davom etgan sud jarayonlari yakuniga köra, sud agentlikning arizasini töliq qondiriş hamda kriptobirjadan 300 bazaviy hisoblaş miqdoriga teng bölgan jarimani Özbekiston budjetiga belgilangan tartibda undiriş haqida qaror qabul qilgan.
Binance kriptobirjasi sudning barça talablarini bajargan hamda jarimani qonunçilikda belgilangan tartibda Davlat budjetiga töliq tölagan.

















