Binance kriptobirjasi Özbekistonda mahalliy CoinPay platformasi orqali iş boşladi.

«Barça integratsiya bosqiçlari yakunlanganini va Özbekistondagi foydalanuvçilar endi Binance kriptobirjasi tomonidan işlab çiqilgan yeçimdan coinpay.uz/binance qöşma platformasi orqali rasman foydalanişi mumkinligini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz», deyiladi platforma xabarida.

Qayd qilinişiça, endi foydalanuvçilar öz mablağlarini bank kartalari va milliy tölov tizimlari orqali milliy valutada kiritiş hamda çiqariş imkoniyatiga ega böldi.

Binance - raqamli valuta ayirboşlaş böyiça onlayn xizmat, blokçeyn tizimi va kriptovaluta sanoati uçun infratuzilma provayderi, jumladan raqamli aktivlar savdosi, investitsiyalar, markazsizlaştiriş va infratuzilma yeçimlari, tadqiqot, ta’lim va boşqa sohalarni öz içiga oladi. Kriptovaluta ayirboşlaş xizmati 2017 yilda taşkil etilgan va vaqt ötişi bilan bir qator xizmatlarni taqdim etuvçi blokçeyn kompaniyasiga aylandi.

2024 yil yanvar oyida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Binance kriptobirjasiga nisbatan Özbekiston qonunçiligi, xususan, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilik talablarini buzganligi uçun jarima qöllaş haqidagi qaror qabul qilingan edi. Şundan söng, tegişli da’vo arizasi Toşkent şahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.

2024 yil 26 martidan 7 iyuniga qadar javobgar (Binance kriptobirjasi) vakili iştirokida davom etgan sud jarayonlari yakuniga köra, sud agentlikning arizasini töliq qondiriş hamda kriptobirjadan 300 bazaviy hisoblaş miqdoriga teng bölgan jarimani Özbekiston budjetiga belgilangan tartibda undiriş haqida qaror qabul qilgan.

Binance kriptobirjasi sudning barça talablarini bajargan hamda jarimani qonunçilikda belgilangan tartibda Davlat budjetiga töliq tölagan.