Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Shuningdek, Imron Xonning rafiqasiga 7 yillik qamoq jazosi tayinlanib, u sud zalidan hibsga olingan. Er-xotin 2018 yilda pora sifatida yer olganlikda, xayriya fondini boshqarish davomida noqonuniy daromad orttirganlikda aybdor deb topilgan. Ular ayblovni rad etishgan.

Foto: Reuters
Pokiston sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xonni korrupsiya ishida aybdor deb topib, uni 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Hukm 2023 yil avgustdan beri sobiq bosh vazir saqlanib kelinayotgan Ravalpindi shahridagi garnizon qamoqxonasining antikorrupsiya sudi tomonidan chiqarilgan.
Shuningdek, Imron Xonning rafiqasi Bushra Bibi ham yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. U Adila qamoqxonasida hukm o‘qilganidan keyin hibsga olingan. Er-xotin 2018 yilda pora sifatida yer olganlikda va Al-Qadir Trust xayriya fondini boshqarish davomida noqonuniy daromad orttirganlikda aybdor deb topilgan. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, juftlik o‘z aybiga iqror bo‘lmagan.
Imron Xon Pokiston hukumatini 2018 yildan 2022 yilgacha boshqargan. 2022 yil aprel oyida ishonchsizlik votumi oqibatida u hokimiyatdan chetlatilgan. Tahlilchilarga ko‘ra, bu unga bosh vazirlik kursisini egallashga yordam bergan generallarning qo‘llovini yo‘qotgani uchun sodir bo‘lgan.
2024 yil yanvar oyida Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, yana 10 yil qamoq jazosini olgan. Bir kun o‘tgach, sud uni va rafiqasi Bushrani korrupsiyada ayblab, yana 14 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Dekabr oyida Pokiston harbiy sudi Imron Xonning o‘tgan yili harbiy obektlarga uyushtirilgan hujumlarga aloqador 25 nafar tarafdoriga hukm chiqardi. Xonning tarafdorlari ikki yildan 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etildi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
-
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi
Jahon | 22:49 / 16.03.2025
Mavzuga oid

20:53 / 13.03.2025
Pokistonda poyezdni garovga olgan jangarilarga qarshi operatsiya yakunlandi

10:23 / 12.03.2025
Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdini o‘qqa tutdi va odamlarni garovga oldi

12:29 / 03.03.2025
Pokiston to‘qimachilik korxonasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshiradi

16:30 / 26.02.2025