2024 yilda o‘rmon yong‘inlari CO₂ chiqindilarining rekord darajada ko‘payishiga sabab bo‘ldi
Eng yomon holat Shimoliy va Janubiy Amerikada kuzatilgan.

Foto: Noah Berger / AP
So‘nggi bir yil ichida o‘rmon yong‘inlari tufayli atmosferaga ajralgan CO₂ chiqindilari hajmi rekord darajaga yetdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Havayidagi Mauna-Loa rasadxonasida karbonat angidrid miqdori 427ppm (ppm —milliondan bir ulush) darajasiga yetgani qayd etildi (3,6 ppm’ga oshgan). Yonilg‘idan keng foydalanish va iqlim inqirozi boshlanishidan oldin ushbu ko‘rsatkich 280ppm edi.
Olimlarning ta’kidlashicha, 2024 yilda insoniyat ekstremal ob-havo sharoitlariga ancha yaqinlashdi. Eng ko‘p chiqindilar Janubiy va Shimoliy Amerikada kuzatildi, chunki u yerda tabiiy yong‘inlar rekord darajada ko‘p kuzatildi. O‘tgan yili gaz, neft va ko‘mirni yoqishdan hosil bo‘lgan chiqindilar hajmi ham o‘sishda davom etib, rekord ko‘rsatkichga yetdi.
Tropik mintaqalardagi issiq va quruq sharoitlar El-Nino tabiiy iqlim hodisasini yuzaga keltirdi. Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, ushbu hodisa bo‘lmagan taqdirda ham, CO₂ chiqindilari rekord darajada o‘sgan bo‘lardi.
“Bugungi kunda dunyo bo‘ylab hukumatlar qazib olinadigan yonilg‘ini arzonlashtirish uchun to‘qqiz barobar ko‘p mablag‘ sarflamoqda, ammo ekologik toza energiyani iste’molchilarga qulay va arzon qilish ustida ishlanmayapti”, — dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish iqlim inqirozida sanoat korxonalarini ayblab.
Copernicus Yevropa masofadan zondlash va xaritalash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi. Yer yuzasidagi o‘rtacha harorat sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan 1,5 darajaga ko‘tarilib, 15,1 darajani tashkil etdi. Olimlarning ta’kidlashicha, 2025 yil bu rekordni yangilamasa-da, eng issiq uch yil qatoriga kirishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda

23:35 / 07.05.2025
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi

23:23 / 28.04.2025
Olimlar Yerni samolyotlar yordamida sovitish usulini topdi

22:40 / 17.04.2025