Ijtimoiy karta aholining muayyan toifalariga bepul tarqatilib, davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy mablağlar (nafaqalar, yordam pullari, pensiyalar) şu kartaga tuşiriladi. Karta talabalik, nogironlik va pensiya guvohnomasi kabi hujjatlarning örnini bosadi; avtobus va metroda bepul yuriş, elektr, gaz va öqiş xarajatiga kompensatsiya olişda qöl keladi.
Ijtimoiy karta nima?
Bundan keyin ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş va yordam oliş uçun tuğilganlik, nogironlik töğrisida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatlarni kötarib yuriş şart emas.
Ularning örnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilib, tajriba sifatida Toşkent şahri va Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida odamlarga berila boşladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma’lum qilişiça, ayni paytda quyidagi 9 turdagi tölovlar uşbu karta orqali berilyapti:
- kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi;
- kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
- yoşga doir nafaqa;
- nogironlik nafaqasi;
- yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar uçun har oylik moddiy yordam;
- nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarga nogironlik nafaqalari;
- nogironligi bölgan bolalarni parvarişlayotgan onalar uçun nafaqa;
- protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari xaridi uçun vauçer;
- boquvçisini yöqotganlik nafaqasi.
2025 yilning 1 aprelidan bular qatoriga yana 2 turdagi ijtimoiy tölovlar — homiladorlik va tuğiş nafaqasi, şuningdek, “Saxovat va kömak”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” jamğarmalari hisobidan tölanadigan bir martalik moddiy yordamlar qöşiladi.
Ijtimoiy karta funksiyalari bosqiçma-bosqiç kengaytirib boriladi. Keyinçalik karta bilan avtobus va metroda bepul yuriş, elektr, gaz va öqiş xarajatiga kompensatsiya oliş ham mumkin böladi.
Nega ijtimoiy karta joriy etilyapti?
Ijtimoiy karta nafaqat ijtimoiy yordam oliş va imtiyozlardan foydalanişni osonlaştiradi, balki davlat uçun ham xarajatlar arzonlaşadi, byurokratiya kamayadi.
















