O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Oliy va yuqori darajada bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.















