Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rahbar ayollar maktabi» o‘quv dasturining to‘rtinchi mavsumi boshlandi
Saida Mirziyoyeva yangi mavsumning ochilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Ta’kidlanishicha, joriy mavsumda odatdagidan ikki barobar ko‘p, ya’ni 100 nafar tinglovchi tahsil oladi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
«Rahbar ayollar maktabi» o‘quv dasturi to‘rtinchi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.
«Bugun men prezident farmoniga ko‘ra asos solingan «Rahbar ayollar maktabi» o‘quv dasturi to‘rtinchi mavsumining ochilish marosimida ishtirok etdim.
Ushbu muhim loyiha rivojlanishda davom etayotgani va yuzlab yosh, istiqbolli hamda iste’dodli ayollar uchun yangi bilim va ko‘nikmalar eshigini ochayotgani juda quvonarli. Har bir ishtirokchining O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan lider bo‘lish imkoniyati bor», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.


Shuningdek, u mazkur dasturda orttirilgan tajriba va bilimlar bebaho qiymatga ega bo‘lishi, o‘quv jarayoni har bir qatnashchini katta yutuqlar sari undaydigan muhim boshlang‘ich nuqtaga aylanishiga ishonch bildirdi.
Qayd etilishicha, «Rahbar ayollar maktabi» o‘quv dasturining navbatdagi mavsumida odatdagidan ikki barobar ko‘p, ya’ni 100 nafar tinglovchi tahsil oladi.

Mavzuga oid
18:33 / 07.02.2026
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:35 / 06.02.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi
18:41 / 05.02.2026
Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi
09:48 / 04.02.2026