Ijtimoiy tarmoqlarda bola boğçada kaltaklanişi oqibatida oyoği singani haqida videolavha tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga oldi.

Ma’lum qilinişiça, holat 22 yanvar kuni Sergeli tumanidagi maktabgaça ta’lim taşkilotlaridan birida sodir bölgan. Tarbiyaçi yordamçisi, 1997 yilda tuğilgan Y.M. göyoki xarxaşa qilayotgan bolani tinçlantiriş maqsadida 2023 yilda tuğilgan S.A.ning boşiga urgan. Söngra qöpol harakatda uni kötarib, boşqa xonaga olib çiqayotganda qoqilib yiqilgan. Oqibatda bolaning çap oyoği singan.

Bolaning ota-onasiga boğça ma’muriyati tomonidan öğli özi yiqilib oyoği singani va Sergeli tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingani töğrisida xabar berilgan. Bolaga “çap oyoq son suyugi sinişi” taşxisi qöyilgan.

Şundan söng ota-ona boğça ma’muriyatidan kuzatuv kameralari yozuvlarini körsatişni talab qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Holat böyiça qöşimça ma’lumot berilişi bildirilgan.