Qoraqalpoğiston Respublikasi va Andijon viloyatida yer maydonlarini olib berişni va’da qilgan firibgarlar uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departamenti.

Qayd etilişiça, departamentning Taxtaköpir tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda S.P. ismli şaxs fuqaro A.K.ning işonçiga kirib, qalbaki hujjatlar asosida rasmiylaştirilgan Nukus şahri hududidagi 3,6 sotix yer uçastkasini 170 million sömga sotişga kelişib, uşbu pullarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Andijon tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tadbirda N.N. ismli şaxs fuqaro X.A.ga «U.D.» qöşma korxonasiga ajratilgan yer maydonining 4 sotixini göyoki kadastr bölimida işlovçi tanişlari orqali 10,5 ming dollar evaziga turar joy sifatida rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. U uşbu pullar hisobidan 5,5 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Andijon va Navoiy viloyatlarida noqonuniy tarzda yer sotmoqçi bölgan şaxslar uşlangani, Toşkentda davlat zaxirasida bölgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs qölga olingani töğrisida xabar berilgandi.